«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
197
aqolalar e’lon qilinayapdi. Bu ilmiy maqolalarda keksalik fenomeniga turli xil ta’riflar 
berilmoqda. Aslida keksalik – har bir kishi hayotining ajralmas qismi, u sog‘liq va 
jismoniy qobiliyatning ma’lum susayishi bilan xarakterlanadi.
Keksalik va unga munosabat jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida o‘zgarib 
borgan. Masalan, amerikalik asteklarda “Keksalari yo‘q xalqning ahvoliga voy!”, - 
degan maqol qadim davrlardayoq keksalarga bo‘lgan munosabatni belgilab beradi. 
Ammo asteklarda 30 dan oshgan kishi keksa hisoblangan. Bunga boshqa xalqlarda ham 
misollar ko‘p, masalan, ko‘pchilik rus shoiri A.S. Pushkining “xonaga 30 yoshlardagi 
qariya kirib keldi” degan gapini misol qilib keltiradi. Bunga, albatta, tarixiy asos 
bor. 1896–1897-yillari Rossiyada o‘rtacha umr davomiyligi erkaklarda – 29,4 yosh, 
ayollarda – 31,7 yoshni tashkil qilgan
74

Bunday misollarni jahon adabiyotda ham ko‘plab uchratish mumkin. Uilyam 
Shekspirning “Romeo va Juletta” pesasidagi voqealar tasvirlangan paytda Julettaning 
onasi senora Kapuletta 28 yoshda, Julettaning o‘zi esa 13 yoshda bo‘lgan.
Keksalik muammosiga Uyg‘onish davri mutafakkiri Mishel Monten ham e’tibor 
qaratadi. U inson hayoti va tabiatni bir-biri bilan taqqoslab, uni bir necha davrga 
bo‘ladi. Boshlanish nuqtasi dastlabki kurtaklash, keyin gullash va hosilga kirish 
bosqichi va davrni sekin-asta so‘lish bosqichi yakunlaydi. 
Keksalikni kasallik – patologik jarayon bilan qiyoslab, uning belgilari sifatida 
sergaplik, xasislik, bid’atparastlikni keltirgan faylasuf keksa kishini nochor, noshud deb 
ataydi va shu sababli yaqinlarining mehr-muhabbati va g‘amxo‘rligini uni davolashning 
yagona usuli deb hisoblaydi
75

Shundan kelib chiqib, Uyg‘oni davri shoirlari o‘z sh’erlariga mavzu qilib asosan 
yoshlikni oladi va uni kuylaydi:
O, yoshlik, go‘zalsan,
Bir on, daqiqa. Kuylagin,
Ertani kutma, o‘ynagin!
Baxtli bo‘l, sen shunga loyiqsan! (Lorenso Medichi).
Albatta, Yevropa Uyg‘onish davridan keyin o‘tgan besh olti yuz yildan ko‘proq 
vaqt davomida insoniyat juda uzoq va murakkab taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Eng 
74
Водарский Я.Е. Население России за 400 лет (XVI – начало ХХ вв.) – М.: «Просвещение», 1973. С. 
89.
75
Курышова Т.С., Алтпысбаева Ж.М. Старость как социально-философский феномен / Бюллетень 
медицинских Интернет-конференций. 2016. Том 6. № 5. С. 986.



Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling