«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
194
Byuttner bu sohada uzoq ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Unga ko‘ra, Yaponiyaning 
Okinava, Italiyaning Sardiniya, Gresiyaning Ikariya, AQShning Loma Linda va Kosta-
Rikaning Nikoya yarim oroli va orollarida uzoq umr kechiruvchilar makon topgan. 
Okinavadagi 900 ta qishloqda 1 millionga yaqin aholi yashar ekan. Ayollar ko‘pchilikni 
tashkil etadi. Buyuk Britaniya va AQSh bilan solishtiradigan bo‘lsak, ular soni 4 
hissaga ko‘p. Yana bir qiziq ma’lumot, Okinava aholisi o‘zini parhez bilan qiynab 
o‘tirishmaydi. Ko‘ngli nimani tusasa, shuni iste’mol qilaverishadi. Kuniga еyiladigan 
taom 1 ming 200 kalloriyani tashkil etadi. G‘arbdagilar esa ulardan 20 foizga kamroq 
ovqat tanovul qilishadi. 80-90 yoshli orollik yaponlar o‘z tengdoshlariga qaraganda
30 yoshga yosh ko‘rinishadi. Ular kuniga kam-kam ovqat еyishadi. Ko‘proq meva va 
sabzavotlarga e’tibor qaratishadi.
Taomnoma sirlaridan biri bu soya va tofu, sabzavotlar, boy antioksidantlardan 
iboratdir. Sharhimiz so‘ngida dunyo mamlakatlaridagi o‘rtacha umr kechirish darajasi 
xususida to‘xtalsak. Yaponiyada erkaklar 80, ayollar 85, Shvesiyada erkaklar 77 yarim, 
ayollar 82 yarim, Ispaniyada esa ayollar 80, erkaklar 82 yildan umr kechirmoqda. 
Kanada, Shveysariya, Fransiya, Norvegiya va Belgiyada ham bu ko‘rsatkich juda 
yuqoridir...
Xulosa. Modomiki, keksalik umrning shomi ekan, unga tayyor bo‘lib borishimiz 
lozim. “Qush inida ko‘rganini qiladi”, “Olmaning tagiga – olma, behining tagiga – behi 
tushadi”, “Qo‘yni ham, echkini ham o‘z oyog‘i bilan osib, so‘yadilar”, deganlaridek, 
ertamiz, istiqbolimiz oldindan kafolatlanmagan holi hayotimizda ortimizdan munosib 
o‘rinbosarlarni qoldirish bu – har birimizning vazifamiz! Bu – butun jamiyatning 
vazifasi! Bas, unga befarqlik, mavjud, shakllangan hayotiy qadriyatlarni mensimaslik 
– kelajakka xiyonat! Millatga – xiyonat! 
Bayon etilganlar va hayotiy kuzatuvlardan quyidagilarni aytish mumkin bo‘ldi.
Birinchidan, shaxsiy namunaga sazovor zamondosh va makondoshlarimizni e’zoz 
va namuna sifatida “hurmat taxtasi”da emas, amaliy, hayotiy e’tibor, izzat-ikromni 
har qachongidan kuchaytirish lozim. Bunda har bir otaning,har bir onaning shaxsiy 
namuna bo‘lishi zarur.
Ikkinchidan, Ota-onalar universitetini shakllantirish lozim. Hech bir sharhsiz, 
Abdulla Avloniy bobomiz aytganidek,
“Tug‘ib tashlash bilan bo‘lmas bola, bo‘lgay balo sizga.
Vujudi tarbiyat topsa, bo‘lur ul rahnamo sizga.
Temirchining bolasi tarbiyat topsa bo‘lur olim.
Buzilsa xulqi, Luqmon o‘g‘li bo‘lsa ham bo‘lg‘usi zolim”.



Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling