«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

Islom dini keksalar haqida. Dinimiz keksalarni hurmat-ehtirom qilish va ularni 
muhofazat etishni jamiyatning har bir shaxsi uchun vojib etib ko‘rsatma beradi. Rasuli 
Akram salallohu alayhi va olihi va sallam shunday marhamat qiladilar: “Musalmon 
keksalarni hurmat-ehtirom qilish Alloh taologa ta’zim qilishdir”. Yoki boshqa bir 
joyda shunday buyuradilar: “Har bir kishi keksa yoshda bo‘lgan shaxsning maqomi 
va fazilatini yoshiga qarab bilsa va uni hurmat-ehtirom qilsa, Alloh taolo uni oxiratdan 
qo‘rqish va xavotirlanishdan amonda saqlaydi”. Yoshi ulug‘ insonlarni qadrlash va 
kichiklarga mehr-muhabbat ko‘rsatish islom dinining axloqiy dasturulamallaridan 
sanaladi va oila poydevorini musaffo aylab, mustahkamlaydi. Imom Sodiq alayhissalom 
bu haqda shunday marhamat etadilar: “
Kichiklarga rahim-shafqat qilmagan va 
keksalarimizning qadrlarini bilmaganlar bizdan emas”.
Dinimiz yoshi ulug‘ kishilarga g‘amxo‘rlik qilishga buyuradi. Keksalik yoshi 
quyidagi tartibda bo‘ladi: еtuklik, mo‘ysafidlik, keksalik, qarilik yoki o‘ta keksalik
72

Ushbu mualliflar xulosa qilib aytadilarkim, keksalarni e’zozlashda ushbu jihatlarga 
alohida e’tibor berish kerak:
– yoshi ulug‘ odam kirib kelganida hurmati uchun kichik yoshdagilar o‘rnidan 
turishi;
– majlislarda oldin yoshi katta odamga so‘z berilishi;
– yig‘ilishlarda yoshi ulug‘larning izni bilan gapirilishi;
72
М.Бобур Йўлдошев, Ш.Абдурасулов. Барака ёши улуғларимиздадир // https://religions.uz/news/
detail?id=38.


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
192
– yoshi ulug‘ odamga kichik yoshdagi odamning salom berib, murojaat qilishi;
– yoshi ulug‘ odamni hurmat qilib, keksaligi uchun yig‘inlarda yuqoriga, to‘rga 
o‘tkazish;
– yoshi ulug‘lar bilan odob, xushmuomala va ehtirom bilan gaplashish;
– yoshi ulug‘larning oldini kesib o‘tmas lik;
– yoshi ulug‘larga biror narsani tushuntirishda ochiq gapirmasdan imo-ishora yoki 
qochirim bilan tushuntirish; 
– keksalar oldida baland ovozda gapirmaslik;
– keksalarning oldida yoki ortidan bo‘lsa ham, kesatib, masxara qilib gapirmaslik;
– keksalar oldida odob bilan o‘tirish;
– muhim ishlarni keksalardan maslahat olib, so‘ng boshlash;
– keksalardan oldin taomga qo‘l uzat mas lik;
– suv yoki choy kabilarni uzatishni yoshi kattalardan boshlash.

Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling