“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
189
Haqiqiy hayot ellik yoshdan keyin boshlanadi. Bu yoshda odam chinakamiga
pishib yеtiladi, boshqalar o‘rnak olsa arzigulik xislatlarga ega bo‘ladi, birovlarga
saboq bo‘ladigan narsalarni tushunib еtadi.
U. Bok
Qarilik baxt bo‘lolmaydi, “baxtli keksalik”, degan gapni johil odamlar o‘ylab
chiqarishgan.
Qarilik yo osoyishta, yoki g‘am-hasrat bilan o‘tish mumkin. Izzat-ikrom
ko‘rgan qariyalar osoyishta kun kechiradilar.
Unutilgan, yolg‘iz qolgan keksalarning
esa kuni g‘am-hasrat bilan o‘tadi.
V.A. Suxomlinskiy
70
.
Manbalarda qayd
etilganidek, “Keksalik davri bolalik va yoshlik davridek hayotning
bosqichlaridan biri sanaladi.
Faqat farq shundaki, bolalik va yoshlik davri kuch-qudrat
va energiyadan to‘la bo‘lsa, ammo keksalik davri esa jismoniy
faoliyat mezonining
kamayishi va kuch-qudratning zaiflanishi bilan yuzma-yuz bo‘ladi”
71
.
BMT Bosh assambleyasi 1982-yilda keksalarning Butunjahon kengashini tashkil
etdi. 1990-yilda kengash oktabr oyining birinchi kunini keksalarni hurmat-ehtirom
qilish va ularning mushkulotlarini hal etish yo‘lida harakat qilish uchun “Keksalar
xalqaro kuni” deb e’lon qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: