«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
Download 4,8 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 13-oktyabr 2022
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami 25 Nuroniyni qadrlagan yurt Aynan shu jihatlar inobatga olinib, O‘zbekistonda oktabr oyining birinchi haftasi “Keksalar haftaligi” etib belgilangan va har yili “Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat- ehtirom ko‘rsatish xalkimizga xos ezgu fazilat” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan “Keksalar haftaligi” o‘tkazib kelinmoqda. Bu kabi keng qamrovli tadbirlarning o‘tkazilishi yoshlar tarbiyasi uchun ham ahamiyatli va manfaatli, desak mubolag‘a bo‘lmas. Xususan, hafatlikda nuroniylarimiz mamlakatimizning tarixiy shahar, ziyoratgohlari va dam olish maskanlarida bo‘lib, ma’naviy xordiq chiqaradi. Misol uchun, o‘tgan yili “Keksalar sayohat oyi” munosabati bilan “Nuroniy” jamg‘armasi hamda Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan 70 nafardan ortiq nuroniylarimiz uchun Samarqand shahriga sayohat va ziyorat tadbirlari uyushtirildi. Shu bilan birga, Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan hamkorlikda markaz anjumanlar saroyida “O‘zbekiston – keksalarni e’zozlagan yurt” mavzusida ilmiy- amaliy konferensiya tashkil etilgandi. Bundan tashqari, Prezidentimizning “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab- quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qarori asosida joriy 2022-yilda 1200 nafarga yaqin faol nuroniylar ko‘krak nishon bilan taqdirlandi. Bunday xayrli tadbirlarning davomi sifatida fidoyi onalarga bag‘ishlangan “Yurtning sharafli onalari” nomli kitob-albom Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi tashabbusi bilan chop etishga tayyorlanmoqda. Shuningdek, “Keksalar maslahati” guruhlarining izchil va samarali faoliyati sabab quyidagi yo‘nalishlarda ham samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, – keksa avlod vakillarining davlat va jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirish, mahalladagi muammolarni hal etish, milliy urf-odat, an’ana va marosimlarni tashkil etish va o‘tkazishda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish; – mahallalarda ijtimoiy ma’naviy-muhit barqarorligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda va aholining ayniqsa yoshlarning huquqiy savodxonligini yuksaltirishda faollik ko‘rsatish; – mahallalarda aholiga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot va idoralar, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ustidan qonunda belgilangan tartibda jamoatchilik nazoratini o‘rnatish; – mahallalarda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, aholining, ayniqsa, yoshlarning huquqiy savodxonligini yuksaltirishga ko‘maklashish; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling