«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

Ikkinchidan, o‘zlariga zarur mahsulot va xizmatlarni uyda o‘tirib, buyurtma qilish 
imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Uchinchidan, malakali keksalarning tarjimonlik, ma’lumotlar bazalari bilan ishlash, 
saytlarni yuritish, ijtimoiy tarmoqlardagi bahs-mulohazalarga javob qaytaruvchi 
sifatida bandligi ta’minlanadi. 
Eng muhimi buning uchun keksalarga alohida ofis yoki ish joylari, mehnat 
shartnomasi tuzish ham talab qilinmaydi. Buni uyda o‘tirib, bemalol bajarishlari 
mumkin bo‘ladi;
2. O‘zbekiston sharoitida keksa otaxon va onaxonlarimiz uy-joy qurilishi, bola-
chaqaning orzu-havasi va to‘y-tomosha tashvishidan ortmaydi. Shu bois keksalar 


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
21
turizmini rivojlantirish choralarini ko‘rish lozim. Buning uchun keksalarga xizmat 
ko‘rsatishga ixtisoslashgan turkompaniyalar ochib, yoshi ulug‘lar uchun mamlakat 
ichida alohida sayyohlik yo‘nalishlarini yaratish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
3. Keksalarning ijtimoiy izolyatsiyasi, ya’ni odamlarga qo‘shilmasdan uyda yolg‘iz 
yashashi, muloqot qilmasligi ularning sog‘ligi va ruhiyatiga katta zarar еtkazadi. Oila 
a’zolari va boshqa insonlar bilan yaxshi va faol muloqotlar esa ularning kayfiyatini 
ko‘taradi va salomatligini mustahkamlaydi. Shuning uchun keksalar o‘rtasida jismoniy 
faollik, bir-biriga yordam berish, turli o‘yinlar o‘ynash, quvnoq muloqot o‘tkazish 
yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni doimiy yo‘lga qo‘yish tizimini 
ishlab chiqish va joriy etish lozim. Ushbu tizim keksalarning ijtimoiy faolligi va hayot 
sifatini oshirishga xizmat qiladi.
4. Oktabr oyining har birinchi yakshanbasini “Keksalarni e’zozlash kuni” sifatida 
belgilash va shu kuni keksalarga o‘zlarini xuddi shohlarday his qilishlari uchun jamoat 
transporti, sport va madaniyat maskanlari, sartaroshxona va boshqa xizmatlardan tekin 
foydalanish imkoniyatini yaratish, shuningdek, ehtiyojmand keksalarga bir martalik 
yordam pullari berishni yo‘lga qo‘yish.
5. Keksa yoshdagi haydovchilarning xavfsizligini ta’minlash uchun ularga tegishli 
mashinaning orqa oynasiga yopishtiriladigan maxsus ogohlantiruvchi belgi qo‘yishni 
joriy qilish lozim. Bu belgili mashinalarni ko‘rgan boshqa haydovchilarning keksalarga 
hurmat bilan munosabatda bo‘lishlariga, keksa haydovchilarga xalaqit qilmasliklariga, 
ularni quvib o‘tishda ehtiyotkorlikka amal qilishlariga, tezlikni kamaytirib ketayotgan 
bo‘lsa, sabr-toqatli bo‘lishlariga xizmat qiladi.
6. Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorini narx-navoning o‘zgarishiga qarab 
har yili qayta ko‘rib chiqish tartibini joriy qilish va uning miqdori keksalarning 
hayotiy muhim ehtiyojlarini qondirish uchun yеtarli bo‘lishini ta’minlash choralarini 
ko‘rish lozim (misol uchun bazaviy pensiyani moliyalashtirishni sug‘urta badallari
ish beruvchilar va davlat dotatsiyasi hisobidan qoplash).
7. Keksalik bilan bog‘liq bo‘lgan muammo va kasalliklar juda ko‘p. Ammo, 
mamlakatimizda keksalar sog‘ligidagi muammolar bilan shug‘ullanadigan gerontolog 
va geriatr mutaxassislari еtishmaydi, tibbiyot yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida 
“gerontologiya” va “geriatriya ishi” mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavriatura va 
magistraturaga qabul kvotalari mavjud emas. Shuning uchun mamlakatimizda 
tibbiyot yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida “gerontologiya” va “geriatriya 
ishi” mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qitish tizimini joriy qilish maqsadga muvofiq.
8. Keksalarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida ularning 
sog‘ligini sug‘urtalash tizimini joriy lozim. Ushbu tizimning joriy etilishi keksalarga 



Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling