“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
20
Keksalarni e’zozlash dunyo hamjamiyatida ham ahamiyatli mavzu bo‘lib,
BMT Bosh Assambleyasining 1990-yil 14-dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan
1 oktabrning “Xalqaro keksalar kuni” sifatida belgilanishi buning dalilidir.
Misol uchun, Yaponiya, Koreya, Xitoy va Hindiston davlatlarida keksa odamlarni
hurmat qilish an’anasi mavjud bo‘lib, farzandlar keksa ota-onalariga g‘amxo‘rlik
qilishga burchli hisoblanadi.
Ammo, bugungi kunda dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida globallashuv
jarayonlari ta’sirida qadimiy qadriyatlar еmirilayotganligi sababli, farzandlarning
o‘z ota-onasidan doimiy hol-ahvol so‘rab turishga, ularni muntazam ravishda borib
ko‘rishga vaqt topishi amri mahol bo‘lib borayapti.
Shuning uchun hozirgi kunda Yaponiyada qariyalarga yangi texnologiyalarni,
shaxsiy kompyuter va internet, ijtimoiy tarmoqlardan unumli foydalanishni o‘rgatish
orqali ish o‘rinlari yaratish maqsadida qariyalar uchun zamonaviy kompyuterlarda va
dasturlarda ishlash ko‘nikmalarini o‘rgatuvchi maxsus kurslar muvaffaqiyatli joriy
qilinmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuningdek, xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganish
natijalari asosida keksalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish,
sohadagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha quyidagi takliflarni bildiramiz:
1. Keksa avlod vakillarini zamonaviy hayot tarziga moslashtirish, ularning
to‘laqonli hayot kechirishlarini ta’minlash maqsadida ularga yangi texnologiyalarni,
shaxsiy kompyuter va internet, ijtimoiy tarmoqlardan unumli foydalanishni o‘rgatish
lozim. Buning uchun keksalarga zamonaviy kompyuterlarda va dasturlarda ishlash
ko‘nikmalarini o‘rgatuvchi maxsus kurslar tashkil etish talab etiladi.
Mazkur kurslarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan keksalar
birinchidan, dunyoning
turli burchaklaridagi o‘z yaqinlari bilan internet va boshqa aloqa vositalari orqali
bemalol muloqotga kirisha oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |