«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
Download 4.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 13-oktyabr 2022
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami 35 Bu yurtimizdagi barcha xonadonga surur baxshida qilib, keksalarimiz ko‘ngillarini tog‘dek ko‘tardi. Bu bilan, albatta, keksalarimizga yanada e’tiborli, mehrli bo‘lish, ularning hayot tajribalarida sinalgan bebaho o‘gitlaridan foydalanish, oilalarning tinch- totuv, to‘kis yashashida, farzandlar tarbiyasida ularning pand-nasihatlariga ergashish kabi azaliy qadriyatlarimiz yanada rivojlanadi. Zero, yoshi ulug‘larning pand-nasihatlariga quloq tutib faoliyat yuritish, ish boshlagan paytimizda ularning duosini olish eng qadrli an’analarimiz sarasiga kiradi. Yurtboshimiz bu haqda ta’kidlab: “Xonadonlarimizning fayzu farishtasi bo‘lgan nuroniy otaxon va onaxonlarimizni e’zozlash, ularni hayotdan rozi qilish, qo‘limizdan kelganicha umrlarini uzaytirish asrlar davomida eng ulug‘ qadriyatlarimizdan biri bo‘lib kelmoqda. Bunday tabarruk insonlarga xizmat qilish, ularga munosib turmush sharoitlarini yaratib berish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rishni ezgu va savobli ishimiz deb bilamiz”, deb alohida ta’kidlab o‘tdilar [3]. Keksalar duosi ijobatining mahsuli, yurtimizning tinchligi shahar-u qishloqlarimiz obodligi farzandlarimiz baxti, bekiyos ne’matlarning to‘kinligi ko‘zimizni quvontiradi. Bu yurtga Allohning nazari tushgan yurtboshisi odil, keksalarga e’zozi bor. Darhaqiqat, keksalarni e’zozlash, ularga doimo e’tiborli va mehrli bo‘lish qon- qonimizga singgan qadriyatlarimizdan. Ularning hayot tajribalarida sinalgan bebaho o‘gitlari oilalarning tinch-totuv, to‘kis yashashida, farzandlar tarbiyasida qanchalar zarurligini hammamiz yaxshi bilamiz. Yoshi ulug‘lar bilan maslahatlashib ish tutish, ish boshlashdan oldin ularning duosini olish eng qadrli an’analarimizdandir. Buning ma’no-mohiyati “Qari bilganni pari bilmas”, degan naqlda ham yaqqol aks etgan. Azaldan xalqimiz ko‘plab ezgu ishlarida ko‘pni ko‘rgan otaxon-u onaxonlarning maslahatlariga tayanadi. Yurtimizdagi har bir korxona va tashkilot, ta’lim va tarbiya muassasalarida, davlat va nodavlat tashkilotlarida faxriylarga, nuroniylarga e’tibor qaratilmoqda. Mehnat faxriylari e’zozda, ularga zarur moddiy, ma’naviy, tibbiy yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rishda, barcha muammolarini еchishda atrofdagilar beg‘araz yordam ko‘rsatilmoqda. Xalqimizning yaxshi odatlari juda ko‘p. Masalan, oila, mahalla-ko‘yda, korxona va tashkilotlarda yoshi ulug‘ insonlarga o‘zgacha mehr-e’tibor bilan munosabatda bo‘lishdan tashqari, biron ezgu ishni boshlashdan oldin keksa avlod vakillarining maslahati va duosini olishga odatlanganmiz. Ularni e’zozlash bobidagi ezgu amallar qatoriga yana biri qo‘shildi. Gap shundaki, Vazirlar Mahkamasining “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan 2019-yildan e’tiboran oktabr oyining boshi “Keksalar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling