«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»
Download 4.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 13-oktyabr 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
- Ключевые слова
44
Xurshida Saydivaliyeva, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) VOYAGA YETGAN, MEHNATGA LAYOQATLI FARZANDLARNING OTA-ONALARIGA TA’MINOT BERISH MAJBURIYATI Annotatsiya. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi oila qonunchiligida voyaga еtgan mehnatga layoqatli farzandlarning ota-onalari oldidagi konstitutsiyaviy burchlari, shuningdek, aliment majburiyatlari, qonunchilikda belgilangan talablar tahlil qilinadi, sud amaliyoti materiallari, xorijiy mamlakatlar qonunchiligida ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi o‘zaro majburiyatlarning qiyosiy huquqiy tahlili keltiriladi. Kalit so‘zlar: farzand, voyaga еtgan, ota-ona, ta’minot, majburiyat, aliment, sud qarori, tarbiya, burch, huquq, da’vo. Аннотация. В статье представлены конституционные обязанности совершеннолетних трудоспособных детей перед своими родителями семейном законодательство Республики Узбекистан, а также алиментные обязательства, требования, установленные законом, материалы судебной практики, сравнительно-правовой анализ взаимных обязательств между родителями и детьми в законодательство зарубежных стран. Ключевые слова: ребенок, совершеннолетний, родитель, снабжение, обязательство, алименты, решение суда, воспитание, обязанность, закон, иск. Annotation. The article presents the constitutional obligations of adult able-bodied children to their parents in the family legislation of the Republic of Uzbekistan, as well as alimony obligations, requirements established by law, as well as materials of judicial practice, comparative legal analysis of mutual obligations between parents and children in the legislation of foreign countries. Keywords: child, adult, parent, supply, obligation, alimony, court decision, upbringing, duty, law, lawsuit. Mamlakatimizda oila institutini mustahkamlash va oilada ijtimoiy-ma’naviy muhit sog‘lomligini saqlash, oila farovonligi borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Oilalarni mustahkamlash, oilalarda nizoli vaziyatlar oldini olishda oila a’zolari o‘rtasida milliy ma’naviy-axloqiy an’analar va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishdaridan biri bo‘lib kelmoqda. Ayniqsa, farzandlar tarbiyasi, ularning ta’minoti ota-ona mas’uliyati kabi masalalar, bundan tashqari farzandlarning ota-ona oldidagi majburiyatlari masalasi ham dolzarb ahamiyatga molik masalalardan sanaladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling