«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


bandlik; jamiyat hayotida ishtirok etish


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

bandlik; jamiyat hayotida ishtirok etish; 
mustaqil, sog‘lom va xavfsiz hayot; faol qarish uchun qulay muhit va imkoniyatlar 
yo‘nalishlaridan iborat bo‘lib, jami bo‘lib 22 ta individual ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga 
oladi. 
Birinchi uchta yo‘nalish yutuqlar (natijalar) ni o‘lchasa, to‘rtinchisi esa faol qarish 
uchun taalluqli ijobiy natijalarga erishish uchun dastlabki sharoitlarni o‘lchashni 


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
41
ko‘zda tutadi. Barcha ko‘rsatkichlar va jamlangan tarkibiy indekslar erkaklar va ayollar 
uchun alohida hisoblanadi.
Faol qarish indeksining amaliy ahamiyati shundaki, u faol qarishni har tomonlama 
ko‘rib chiqishni belgilab beradigan siyosatni rag‘batlantiradi. Indeks keksa kishilarning 
ijtimoiy hissalari va salohiyatining turli jihatlari to‘g‘risida kengroq tasavvurga ega 
bo‘lish imkoniyatini beradi. 
Shu tarzda, faol qarish indeksi siyosatchilarga va boshqa manfaatdor tomonlarga 
boshqa mamlakatlarga nisbatan yaxshilanishi mumkin bo‘lgan sohalarni aniqlashga 
hamda faol qarish uchun yaxshiroq va barqarorroq muhitni yaratish borasidagi 
maqsadlarni belgilashga yordam beradi.
1-rasm. Faol qarish indeksi tuzilishi.
Tarkibli indekslar ko‘p o‘lchovli hodisalarni o‘lchaydi va taqqoslash imkoniyatini 
beradi. Tarkibli indekslar soni, jumladan, keksa kishilarga taalluqli bo‘lgan ko‘rsatkichlar 
zoimiy ravishda o‘sib bormoqda (OECD, 2008).


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
42
FQI - bu siyosiy chora-tadbirlarning samaradorligi va axborot-ma’naviy ishlar 
uchun juda mos bo‘lgan tarkibli indeksdir. FQIning qo‘shimcha ahamiyati shundaki, 
u ko‘p qirrali faol qarish hodisasini aks ettiruvchi individual ko‘rsatkichlar panelidan 
farqli o‘laroq, oson foydalanish mumkin bo‘lgan yagona ko‘rsatkichni taqdim etadi, 
Bu keksa kishilarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish sohasidagi umumiy vaziyatni 
ko‘p o‘lchovli tahlil qilish uchun barqaror va ishlatish uchun qulay instrument 
sanaladi. Murakkab ijtimoiy hodisaning oson talqin qilinadigan raqamli ifodasi 
sifatida FQI barcha darajadagi davlat organlarining aholining qarishi bilan bog‘liq 
jarayonlardan xabardorligini oshiradi va rasional qarorlar qabul qilish uchun asos bo‘lib 
xizmat qiladi. Shuningdek, u keksadarning iqtisodiyot va jamiyatga qo‘shgan turli 
hissalarini ifodalaydi, shu bilan ijtimoiy birdamlik va avlodlar o‘rtasidagi aloqalarni 
mustahkamlaydi.
FQI natijalarini boshqa mamlakatlarning tegishli natijalari, masalan, iqtisodiy 
rivojlanish darajasi bir xil bo‘lgan davlatlar bilan taqqoslash orqali tahlil qilish mumkin. 
Yo‘nalishlar siyosat maqsadlari yoki ekspertlar fikrlarini inobatga olgan holda ham 
belgilanishi mumkin. 
FQI barcha yoshdagi kishilar uchun mukammal jamiyat qurish yo‘lidagi tarkibiy 
va madaniy to‘siqlarni aniqlash orqali keksa kishilarning jamiyat rivojiga hissa 
qo‘shishga tayyorligi bilan uni amalga oshirish imkoniyatlari o‘rtasidagi tafovutni 
ko‘rsatib beradi. FQI insonning butun hayoti davomida bandlik, parvarish, ta’lim va 
dam olishni tashkil etishdagi o‘zgarishlarni rag‘batlantirish vositasi sifatida ishlatilishi 
mumkin. Bu ish bilan shaxsiy va oilaviy hayot o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash 
orqali tarkibiy elementlarni ketma-ketlikdan parallel ravishda amalga oshirishni ko‘zda 
tutadi, natijada bundan alohida shaxs ham, jamiyat foyda ko‘radi. FQI turli ijtimoiy va 
iqtisodiy faoliyatlar va o‘z salohiyatini amalga oshirish uchun mavjud imkoniyatlarni 
ifodalash bilan hayotiy muvozanatning asosi va baholash mezoni bo‘lishi mumkin. 
FQI loyihasini amalga oshirish natijasi keksa fuqarolarning turmush farovonligi 
va ijtimoiy-madaniy rivojlanishini oshirish, ularning salomatligini mustahkamlash, 
umr ko‘rish davomiyligini va faol uzoq umr ko‘rish salohiyatini oshirishga qaratilgan 
chora-tadbirlarning shakllangan tizimi bo‘ladi.
Mamalakatimizda FQI indeksini joriy etish va unda belgilangan maqsad va 
vazifalarni amalga oshirish natijalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
keksa fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirish;
keksa avlod fuqarolarini zamonaviy hayot tarziga moslashtirish, ularning to‘laqonli 
hayot kechirishi, faol uzoq umr ko‘rishlari uchun sharoit yaratish;



Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling