«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
40
FQI loyihasining maqsadi turli siyosiy tadbir va dasturlarni amalga oshirish orqali 
keksa kishilarga jamiyatga hissa qo‘shish va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishga 
yordam beradigan sohalarni aniqlashdan iborat. Buning uchun individual darajadagi faol 
qarishga intilishlar samarali siyosat va dasturlar orqali qanday qo‘llab-quvvatlanishi va 
kengaytirilishi mumkinligini ko‘rsatadigan dalillar bazasini taqdim etish talab etiladi. 
FQI tomonidan ishlab chiqiladigan dalillar bazasi bir qator muhim siyosiy savollarga 
javob berishga yordam beradi:
Qanday qilib ba’zi mamlakatlar faol qarishning barcha sohalarida boshqalarga 
qaraganda yaxshiroq natijalarga erishmoqda va bu holat pastroq natijalarga erishgan 
mamlakatlar uchun qanday rag‘bat va yo‘l-yo‘riq bo‘lishi mumkin?
U yoki bu mamlakatda faol qarilikning qaysi sohalarida ko‘proq yutuqlarga erishish 
mumkin? 
Boshqa davlatlar tajribasidan qanday xulosalarga chiqarish mumkin? 
Shunday qilib, FQI loyihasi siyosatchilarga faol qarish ko‘rsatkichlari va tarkibli 
indekslar ko‘rinishidagi qiyosiy va mazmunli dalillar bazasiga asoslangan siyosatni 
shakllantirish imkoniyatini beradi. Indeksdan yaqin kelajakdagi siyosiy rivojlanishning 
ustuvor yo‘nalishlarini aniqlashda ham foydalanish mumkin.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) faol uzoq umr ko‘rishning oltita asosiy 
determinantlari: xulq-atvor shakllari; individual biologik va psixologik xususiyatlar; 
tibbiy va ijtimoiy xizmatlar; jismoniy muhit; ijtimoiy omillar; iqtisodiy omillarni 
ajratib ko‘rsatadi. 
Faol qarish siyosati insonning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligini oshirishga 
asoslangan salohiyatini rivojlantirish va ro‘yobga chiqarishga qaratilgan. Faol qarish 
siyosatining ikkilamchi maqsadi barcha fuqarolarga samarali va mustaqil hayotni 
davom ettirish imkoniyatini berish, shu bilan birga keksayotgan jamiyatning barqaror 
rivojlanishi uchun uning salohiyatini safarbar qilishdir.
Faol qarish indeksi pensiya bilan bog‘liq masalalar bilan chegaralanib qolmay, 
ijtimoiy hayotning yanada kengroq sohalari, xususan, sog‘liqni mustahkamlash, 
davomiy professsional faoliyatni rag‘batlantirish va jamiyat hayotida ishtirok etishda 
davom etishni ta’minlashni qamrab oladi. 
Faol qarish indeksi o‘z ichiga 4 ta: 

Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling