«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
36
haftaligi” etib belgilandi. Shundan kelib chiqib, 2019-yilda mamlakatimiz tarixida 
ilk bor barcha shahar va qishloqlarda ushbu haftalik keng miqyosda nishonlandi [4].
Haftalik davomida Prezidentimiz tashabbusi bilan 600 nafar ijtimoiy faol keksa 
va nuroniylarga “Yangiyo‘l” sanatoriysida bepul dam olish imkoniyati berildi, 2019-
yil 5–6-oktabr kunlari barcha teatrlar, shu yilning 7–8-oktabr kunlari esa muzeylar 
keksalarga bepul xizmat ko‘rsatdi.
Mazkur haftalik doirasida o‘tkazilgan tadbirlar asnosida: 28 357 nafar keksalarga 
turli sovg‘alar, 11 929 nafariga oziq-ovqat mahsulotlari, 3 343 nafariga dori-darmonlar 
ulashildi. 5 586 nafar nuroniyga 270 million, “Saxovat” va “Muruvvat” uylariga 
esa 222,844 million so‘mlik moddiy yordamlar ko‘rsatildi. Nuroniylarning 21 891 
nafari sayyor “Tibbiyot brigadalari” tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. 55 
nafar keksalarga nogironlik aravachalari taqdim etildi [5]. 
Yoshi ulug‘ insonlar salomatligini mustahkamlash maqsadida “Har kuni 5 ming 
qadam” shiori ostida tashkil etilgan piyoda yurish marafonlarida 80 mingdan ortiq 
otaxon va onaxonlarimiz qatnashdi. Qadimiy urf-odatlar, qadriyatlar va marosimlar 
makon hisoblangan Surxondaryo viloyatida keksalarga bo‘lgan e’tibor cheksiz hurmatga 
ega bo‘lib, asrlar davomida keksalar yoshlarga ibrat maktab bo‘lib, vatanparvarlik, 
insonparvarlik, mardlik, jasurlik, mehnatsevarlik, kamtartrlik, samimiylik, kasbga 
muhabat, oilani tashkil etish va boshqarish borasida yuksak ma’naviyat maktabi 
hisoblanib kelmoqda. Shu bois Yangi O‘zbekiston sharoitida kesalarni mustaqillikni 
mustahkamlash, millatlar o‘rtasida o‘zaro do‘stlik, hamkorlikni yanda targ‘ib etishda 
faolligi oshib bormoqda. Surxondaryo viloyatida 2022-yilda 192 929 ta nuroniylar 
bo‘lib, shundan 170 240 tasi o‘zbeklar, 18 226 tasi tojiklar, 2 363 tasi turkmanlar, 990 
tasi ruslar, 145 tasi qozoqlar, 23 tasi qirg‘izlar, 2 tasi qoraqolpoqlar va 934 tasi boshqa 
millat vakillari hisoblanib, bir-biriga hurmat, vatanga sadoqat ruhida istiqomat qilib 
kelmoqdalar. Nuroniylar e’tibor davlat siyosatining asosiy dasturlardan biri bo‘lib, 
viloyatda 11 ta ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari, mehnat fronti qatnashchilari 1244 
ta , afg‘on urushi qatnashchilari 3839 ta, Chernobil AES qatnashchilari 314 tani tashkil 
etadi [6]. Yurtimizdagi tinchlik-xotirjamlik, o‘zaro mehr-oqibat, hamjihatlik muhiti, 
davlatimizning o‘z fuqarolariga g‘amxo‘rligidadir. Ayniqsa, keksa avlod vakillariga 
bo‘lgan munosabat, e’tibor qaratishda. Bu ezgu ishda nafaqat farzandu nabiralar, 
mahalla-ko‘y, hokimlik vakillari, balki butun xalqimiz faol ishtirok etmoqda. Shaxsan 
yurtboshimizning ibrati biz, keksalarga, bo‘lgan ehtiromida ham ko‘rinyapti. Bundan 
ko‘nglimiz tog‘dek ko‘tarilmoqda…. Bu ham bizning baxtimiz» deydi to‘qsondan 
oshgan, turmushning chuchugidan ko‘ra achchig‘ini ko‘proq totgan, urush dahshatlarini 
boshidan o‘tkazgan, qisqasi, hayotning baland-pastini ko‘rgan, bugungi dorilamon 



Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling