«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
Download 4.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 13-oktyabr 2022
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami 45 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 66-moddasida voyaga еtgan, mehnatga layoqatli shaxslarning o‘z ota-onasiga g‘amxo‘rlik qilish majburiyati belgilangan. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 109-moddasida ham xuddi shunday majburiyat belgilab qo‘yilgan. Voyaga еtgan, mehnatga layoqatli bolalar mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj o‘z ota-onasiga ta’minot berishlari va ular to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishlari shart. Ota-onasining davlat va nodavlat muassasalari qaramog‘ida ekanligi voyaga еtgan mehnatga layoqatli bolalarni ota-ona haqida g‘amxo‘rlik qilish va ularga moddiy yordam ko‘rsatish majburiyatidan ozod qilmaydi. Demak, ota-onalarga bolalar tomonidan ta’minot berish majburiyati yuzaga kelishi uchun quyidagi asoslar bo‘lishi lozim : – voyaga неtgan farzandlar bilan ota-onalar o‘rtasida ota–ona va bolalik aloqalari bo‘lishligi; – ota-onaning haqiqatda mehnatga yaroqsizligi va moddiy ta’minotga muhtoj bo‘lib qolganligi; – bolalarning voyaga еtganligi va mehnatga yaroqliligi; – bolalarni aliment berish majburiyatidan ozod etuvchi holatlarning mavjud emasligi. Ota-onaning aliment olishga ehtiyoji quyidagi omillardan kelib chiqib belgilanadi 3 : − moddiy ahvoli; − mavjud daromadlari darjasi (masalan, pensiya miqdori, mol-mulktni rentaga berishdan qo‘shgan daromad, dividendlar olish); − mehnatga layoqatli er(xotinning mavjudligi; − er (xotin) tomonidan moddiy ko‘mak mavjudligi; − boshqa shaxslardan ko‘mak olishi. Oila kodeksining 110-moddasiga asosan, ota-onaga beriladigan ta’minot miqdori va tartibi belgilab berilgan bo‘lib, unga ko‘ra, voyaga yеtgan, mehnatga layoqatli bolalar o‘z ota-onasiga ixtiyoriy ravishda moddiy yordam berishdan bo‘yin tovlasalar, ta’minot miqdori bolalarning oilaviy va moddiy ahvolini hisobga olgan holda sudning hal qiluv qaroriga asosan belgilanadi. Ota-ona, aliment undirish haqidagi talabni o‘z bolalarining biriga yoki bir nechtasiga nisbatan qo‘yganligidan qat’i nazar, aliment miqdorini belgilashda sud voyaga еtgan, mehnatga layoqatli bolalarning barchasini hisobga olishi lozim. Voyaga еtgan, mehnatga layoqatli bolalardan aliment undirish nizosi uzil-kesil hal bo‘lgunga qadar sudya shu nizo bo‘yicha vaqtincha to‘lab turilishi 3 Аёллар ва болалар мулкий манфаатларини алимент муносабатлари орқали таъминлаш масалалари: –Тошкент: Янги аср авлоди, 2019. – 162 б. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling