«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
39
Ushbu maqsadga erishish uchun sog‘lom va to‘laqonli keksalikni ta’minlashga yordam 
beradigan turmush tarzini rag‘batlantirish talab etilar edi. 
Shundan kelib chiqqan holda keksalarga doir siyosatning bir qator yo‘nalishlari: 
bandlik va ijtimoiy faollikni rag‘batlantirish, qashshoqlikni kamaytirish, salomatlikni 
yaxshilash, farovonlikni yaxshilash va ko‘pgina holatlarga taalluqlidir. Bunday 
siyosatlar odatda aniq aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan bo‘lsada, ular keksa kishilar 
hayotining barcha jabhalariga ta’sir ko‘rsatadigan yagona global yondashuvga 
birlashtirilishi lozimligidan ularning aksariyati faol qarish indeksi (FQI) loyihasiga 
kiritilgan.
Faol qarish tushunchasi birinchi marta 2002-yilda Jahon sog‘liqni saqlash 
tashkilotining faol qarish strategiyasida ifodalangan bo‘lib, Jahon sog‘liqni 
saqlash tashkiloti (JSST) ta’rifiga ko‘ra, u “shaxsning sog‘lig‘i, ijtimoiy faolligi va 
keksaygan sari hayot sifatini yaxshilash maqsadida himoyalanganlik imkoniyatlarini 
takomillashtirish jarayonini”
1
tavsiflaydi. Faol qarishing asosiy prinsiplari 2002-yilda 
keksayish muammolari bo‘yicha ikkinchi Jahon Assambleyasining yakuni hujjati – 
Madrid xalqaro harakat rejasiga kiritilgan. 
Faol uzoq umr ko‘rish indeksi (Active ageing index) ko‘p o‘lchovli tarkibli indeks 
bo‘lib, Yevropa Komissiyasining Bandlik, ijtimoiy masalalar va integrasiyasi bo‘yicha 
Bosh Direktorati (DG YeMPL) va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa 
Iqtisodiy Komissiyasi (UNECE) aholishunoslik masalalari bo‘yicha guruhining 
qo‘shma loyihasi doirasida ishlab chiqilgan .
Active Ageing Index so‘z birikmasi o‘zbek tiliga so‘zma-so‘z tarjima qilinganda 
Faol qarish indeksi deb tarjima qilinishi lozim va bu tarjima BMT ning Yevropa 
Iqtisodiy komissiyasi (EIK) rasmiy hujjatlarida keng qo‘llaniladi. Biroq, faol qarish 
tushunchasi lingvistik jihatdan “tezlashtirilgan qarish” atamasi bilan chambarchas 
bog‘liq bo‘lganligi sababli, og‘ir turmush sharoitida yashovchi shaxs yoki keksalarning 
nisbiy soni tez sur’atlar bilan o‘sib borayotgan jamiyat tushuniladi, shuning uchun 
salbiy ma’noga ega (Sidorenko A, Zaidi A., 2013)
2
. Shundan kelib chiqqan holda 
mazkur maqolada o‘zbek tilida mazmunan bu jarayonni to‘g‘ri ifodalash “faol uzoq 
umr ko‘rish” atamasi tanlanganda maqsadga muvofiq kelishini aytib o‘tishni joiz deb 
topdik. 
1 Концепция политики активного долголетия. Издательский дом Высшей школы экономики. – Москва, 
2020. – С 4. // 
https://www.eurofound.europa.eu/observatories/eurwork/industrial-relations-dictionary/
active-ageing#
2
Sidorenko, A., & Zaidi, A. (2013) “Active ageing in CIS countries: Semantics, challenges, and responses”. 
Current gerontology and geriatrics research, 2013. 



Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling