“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
143
xil maishiy masalalar va muammolarga еchimlar ko‘rsatiladi. Keksaygan ota-onalarga
kiyim yoki pul emas, balki oila a’zolarining shirin so‘zi va tasallisi, ruhiy daldasidan,
e’tiboridan ortiqroq narsaning o‘zi yo‘q.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Oila va xotin-qizlar
bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida:
“Nuroniy va keksalarni mahallalarda
oilalarni mustahkamlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash,
yoshlarni Vatanga muhabbat, ezgulik va rahmdillik singari an’analarni hurmat
qilish ruhida tarbiyalashga jalb etish” [3] vazifalar ham keng yoritilgan.
Keksalarga ko‘rsatilayotgan mehr-oqibat va muruvvat oiladagi uchinchi avlod
vakillariga o‘z ota-onalarining qarilik gashtini osoyishtalik va baxtiyorlikda
o‘tkazishlarini ta’minlaydi. Zero har birimiz kamolga еtkazgan va mislsiz muhabbat,
beminnat non-tuzi bilan siylagan volidasiyu padari oldida bir umr qarzdordir.
Tarixiy manbalardan ma’lumki, Amir Temur xonadonida o‘rnatilgan tartibga
asosan, shahzodalar tarbiyasi ularning onalari zimmasida emas, balki buva-buvilari
zimmasida bo‘lgan. Bo‘lg‘usi olim Mirzo Ulug‘bekning onasi Gavharshodbegim hayot
bo‘lsalarda, uning oilaviy tarbiyasi bilan Saroymulkxonim shug‘ullanib kelganligi
tarixiy manbalarda keltirilgan. Amir Temur o‘z navbatida bobo sifatida Mirzo
Ulug‘bekning harbiy ish, davlatni idora qilish, ilm egallash borasidagi tarbiyasiga
alohida e’tibor qaratadi. Natijada Mirzo Ulug‘bek ma’rifatparvar davlat arbobi, butun
dunyoga mashhur olim, еtuk falakiyotshunos bo‘lib еtishadi.
Bundan ko‘rinadiki yoshlar tarbiyasida keksa avlod vakillarining alohida o‘rni
borligi isbot talab qilmaydigan masala ekanligi hammaga ma’lum.
Keyingi yillarda O‘zbekistonda aholi turmush kechirishining yaxshilanishi
natijasida keksa avlod vakillarining o‘rtacha umr ko‘rish yoshi ko‘payib, ularning
soni muntazam ravishda ortmoqda. Buning natijasida, tug‘ilish ko‘rsatkichlarining
nisbatan balandligiga qaramay, bugungi kunda respublika aholisining
Do'stlaringiz bilan baham: |