«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»
Istiqboldagi muammolar (yo‘nalishlar, prognozlar)
Download 4.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 13-oktyabr 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uzoq umr ko‘rish bobida
- “Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami 193
Istiqboldagi muammolar (yo‘nalishlar, prognozlar)
Yaponiya. Yaponiyada 65 yoshdan kattalar “keksa” deb hisoblanadi. 2021-yil sentabr oyi holatiga ularning soni 36,4 million nafarni tashkil etgan. Bu mamlakat aholisining 29,1 foizini tashkil etmoqda. Yaponiyaning gerontologik (gerontologiya – tirik organizmlarning qarishini o‘rganuvchi fan) jamiyati hozirgidagidek 65 yoshli kishilarni emas, balki 75 yoshdan oshganlarni rasman keksa odamlar deb hisoblashni taklif qildi. Keksa deb ataluvchi odamlar biologik nuqtai nazardan hozirda taxminan 5-10 yilga yosharganlar. Yosh ishchilar soni kamayayotgan sharoitda, agar biz keksa deb hisoblanuvchi odamlar ongini o‘zgartirsak, bu jamiyatni qo‘llab-quvvatlaydi. Yaponiyada tug‘ilish koeffitsienti 1,44 ni tashkil etmoqda. Demografiyaga ko‘ra, aholi kamayib ketmasligi uchun bir ayolga 2,2 nafar bola to‘g‘ri kelishi kerak, ammo aksariyat rivojlangan davlatlarda tug‘ilish koeffitsienti bu ko‘rsatkichdan tushib ketgan. AQShda tug‘ilish koeffitsienti – 1,76, Ispaniyada – 1,5, Bolgariya aholisi 1,46 ko‘rsatkich bilan rekord tezlikda kamayib bormoqda. Prognozlarga ko‘ra, 2050-yilga kelib Latviyada atigi 1,52 million aholi qoladi. Janubiy Koreyada esa 1,26. Singapur eng past tug‘ilish ko‘rsatkichiga ega (0,83), ammo hukumat bu muammoni immigratsiya yordamida hal qilishni rejalashtirmoqda. Uzoq umr ko‘rish bobida Uzoq umr kechirish uchun, birinchi navbatda, parhezga rioya qilish kerak ekan. Ayni paytda 60 va undan yuqori bo‘lgan kishilar o‘sha paytda kamroq taom iste’mol “Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami 193 qilishgan. Hozir ham ularning aksariyati ozroq ovqat еyishga intilishadi. Ovqat kalloriyasini kamaytirish hisobiga xolesterin ham ancha kamayadi. Shu sababli yaponlarning ko‘pchiligi ortiqcha vazndan xolos bo‘lgan. Semirish kasalligi yurakka o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. Hozir ham Yaponiyada 80 yoshdan oshgan fuqarolarning aksariyati vokzal va aeroportlardagi eskalatorlardan foydalanmaydi. Mamlakatda yangi qariyalar harakati tashkiloti tuzilgan bo‘lib, unga 75 yoshdan yuqori bo‘lganlar a’zo bo‘lishlari mumkin. Yaponiya markazidagi Nagan prefekturasi o‘zining uzoq umr kechiruvchilari bilan dong taratgan. Saku shahri misolida oladigan bo‘lsak, mahalliy rasmiylar bu hududni “salomatlik va boqiy umr kechiruvchilar shahri” deb e’lon qildi. Bejizga Bu yеrda keksalar uchun turli ijtimoiy dasturlar ishlab chiqilmagan. Shahar rahbariyati aholidan iloji boricha kamroq tuz iste’mol qilish va uy-joylarini haddan ziyod isitib yubormaslikka da’vat etmoqda. Shahar dengiz sathidan 700 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, uning markazidan Tikuma daryosi oqib o‘tadi. Asama tog‘i ham ko‘rinib turadi. Bu qishloq o‘zining tabiy go‘zalligi bilan barchani o‘ziga rom etmoqda. Qishda 15 daraja sovuq, yozda boshqa hududlarga nisbatan ancha salqinroqdir. O‘tgan asrning 60-yillarigacha Saku insultga chalinish bo‘yicha Yaponiyada eng yuqori o‘rinni egallab kelgan. Bu birinchidan qahraton sovuq va me’yoridan ortiq tuz iste’mol qilishdandir, deb aytishadi shifokorlar. 1971-yilda Saku shahri hokimligi mahalliy fuqarolarga sog‘lomlashtirish bo‘yicha maslahat tizimini taqdim etdi. Unga ko‘ra, har bir oila ikki yil muddatga sog‘lom turmush tarzini tarkib toptirish maqsadida maxsus maslahatchilarni yolladi. Endi esa qishloqda vaziyat batamom o‘zgardi. Miyaga qon quyilish oqibatida o‘lim holatlaridan asar ham qolmadi. Sakuda yashovchi Itikava Teko 85 yoshga kirib qoldi. Uning kanselyariya tovarlari va idora jihozlarini sotish bilan shug‘ullanuvchi kichkinagina do‘koni ham bo‘lgan. Keksaligiga qaramasdan, bu ayol har kuni 8 soatdan kassa apparati yonidan jilmaydi. Xotirasi ham kuchli bo‘lib, peshtaxtadagi har bir buyumning nomini yoddan biladi. Onaxon har kuni ertalab 7 da turib vanna qabul qiladi. Tomorqasida ishlaydi, mahalliy suv havzasida kapalak, ya’ni batterflyay usulda suzishni juda yoqtiradi. Ishxonasigacha mashinasini o‘zi boshqarib boradi. Haftalik jadvali rang-barang qilib tuzilganki, barcha yumushlarni bajarishga ulguradi. Kalligrafiya, Jaz raqsi, teri hunarmandchiligi va karaoke deysizmi, barchasini qoyilmaqom qilib bajaradi. Uyiga kech soat 21 dan so‘ng kirib keladi. Tush paytida ozginagina meva, sut mahsulotlari, kechqurun esa yana sabzavot va baliq iste’mol qiladi. Shundan so‘ng ikkinchi vannani qabul qilib, yozish-chizish bilan mashg‘ul bo‘ladi. Dunyoning qaysi hududida kimlar uzoq umr kechiradi? – degan haqli savol tug‘ilishi tabiiy. Haqiqatan ham ular qayerda istiqomat qilishadi? Taniqli yozuvchi va olim Den |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling