«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

Tadqiqot maqsadi. Keksalarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatishni yanada 
takomillashtirish, salomatligini mustahkamlash yuzasidan ilmiy asoslangan tavsiyalarni 
ishlab chiqish.
Tadqiqot vazifalari. Uylarida va “Saxovat” internat uylarida yashovchi yolg‘iz 
keksalarni ijtimoiy-demografik xarakteristikasini tahlil qilish; 
Keksa yoshdagi va qariyalarning kasallanish ko‘rsatkichlarini ijtimoiy toifasidan, 
yoshi, jinsining xususiyatlaridan kelib chiqib o‘rganish;
Yolg‘iz keksalarni yashash sharoitini, sifatini o‘rganish, xavf omillarini aniqlash 
va prognostik tablitsani ishlab chiqish;
Keksalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatilishini o‘rganish va 
baholash;
Keksalarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish
salomatligini mustahkamlash yuzasidan ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqish;


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
102
Tadqiqot uslublari: statistik, epidemiologik, ijtimoiy-gigienik uslublar, qiyosiy 
tahlil, tizimli yondoshuv va dalillarga asoslangan tibbiyotning boshqa uslublaridan 
foydalanildi.
Tadqiqot natijalari: Tadqiqot davomida Toshkent shahridagi 2 ta tumanda jami 
674 nafar, Toshkent viloyatida 3 ta tumanda jami 473 nafar keksalar respondent sifatida 
saralab olindi.
Keksalar 3 ta ijtimoiy toifaga bo‘lib o‘rganlildi. 55-74 yoshgacha 1-chi toifa-71.1% 
, 75-89 yoshgacha 2-chi toifa-24.4%, 90 yosh va undan katta 3-chi toifa-4.5% keksalar. 
Oilaviy holati o‘rganilganda 35.7% keksalar turmush qurganligi, 15.2% keksalar 
ajrimda va 40.5% keksalar beva ekanligi aniqlandi. Shuningdek, keksalarning 11,3% 
oliy ma’lumotlilar, 18,6% o‘rta maxsus va 18.9% boshlang‘iyach ma’lumotga egaligi 
aniqlandi. Keksalar hayot tarzi sifatini baholash maqsadida mezon ishlab chiqildi va 
ular asosida baholandi. Natijada 1-chi toifa 88.7 ball, 2-chi toifa 93.4 ball, 3-chi toifa 
96.6 ball bilan baholandi. Hayot tarzi sifatini o‘rtacha ko‘rsatkichi 91.7 ballni tashkil 
qildi. Natijada >92 yaxshi hayot tarzi ko‘rsatkichi aniqlandi.
Keksalarning psixofiziologik holatini ob’ektiv baholash o‘tkazilib, baholash 
gradatsiyasi va mezonlari asosida ko‘rsatkichlar tahlil qilindi.
Shu bilan birga kasallanish ko‘rsatkichlari o‘rganilganda, 47.0% qon aylanish 
tizimi kasalliklari, 13.8% suyak-mushak tizimi kasalliklari, 7.2% oshqozon ichak 
kasalliklari 15.1% boshqa kasalliklar bilan kasallanganligi aniqlandi.
Keksalar salomatligiga ta’sin etuvchi xavf omillari ham o‘rganilib, ko‘rsatkichlardan 
kelib chiqib tavsiyalar ishlab chiqildi.
Ambulator poliklinika muassasalariga keksalar yiliga jami o‘rtacha 10.2 marta 
qatnovi amalga oshirilishi, yiliga 65.4% keksalar statsionar tibbiy yordam olishi hamda 
statsionardaga o‘rtacha o‘rin kuni 9.7ni tashki qilishi tadqiqot natijasida aniqlandi. 
Respondentlar bilan anketa so‘rovnomalari asosida ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy 
xizmatlardan qoniqish holati o‘rganlidi. So‘rovnoma 20.3% a’lo, 34.7% yaxshi, 32.1% 
esa qoniqarli deb baholanganini ko‘rsatdi.

Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling