“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
102
Tadqiqot uslublari: statistik, epidemiologik, ijtimoiy-gigienik uslublar, qiyosiy
tahlil, tizimli yondoshuv va dalillarga asoslangan tibbiyotning boshqa
uslublaridan
foydalanildi.
Tadqiqot natijalari: Tadqiqot davomida Toshkent shahridagi 2 ta tumanda jami
674 nafar, Toshkent viloyatida 3 ta tumanda jami 473 nafar keksalar respondent sifatida
saralab olindi.
Keksalar 3 ta ijtimoiy toifaga bo‘lib o‘rganlildi. 55-74 yoshgacha 1-chi toifa-71.1%
, 75-89 yoshgacha 2-chi toifa-24.4%, 90 yosh va undan katta 3-chi toifa-4.5% keksalar.
Oilaviy holati o‘rganilganda 35.7% keksalar turmush qurganligi, 15.2% keksalar
ajrimda va 40.5% keksalar beva ekanligi aniqlandi.
Shuningdek, keksalarning 11,3%
oliy ma’lumotlilar, 18,6% o‘rta maxsus va 18.9% boshlang‘iyach ma’lumotga egaligi
aniqlandi. Keksalar hayot tarzi sifatini baholash maqsadida mezon ishlab chiqildi va
ular asosida baholandi. Natijada 1-chi toifa 88.7 ball, 2-chi toifa 93.4 ball, 3-chi toifa
96.6 ball bilan baholandi. Hayot tarzi sifatini o‘rtacha ko‘rsatkichi 91.7 ballni tashkil
qildi. Natijada >92 yaxshi hayot tarzi ko‘rsatkichi aniqlandi.
Keksalarning psixofiziologik holatini ob’ektiv baholash o‘tkazilib, baholash
gradatsiyasi va mezonlari asosida ko‘rsatkichlar tahlil qilindi.
Shu bilan birga kasallanish ko‘rsatkichlari o‘rganilganda, 47.0% qon aylanish
tizimi
kasalliklari, 13.8% suyak-mushak tizimi kasalliklari, 7.2% oshqozon ichak
kasalliklari 15.1% boshqa kasalliklar bilan kasallanganligi aniqlandi.
Keksalar salomatligiga ta’sin etuvchi xavf omillari ham o‘rganilib, ko‘rsatkichlardan
kelib chiqib tavsiyalar ishlab chiqildi.
Ambulator poliklinika muassasalariga keksalar yiliga jami o‘rtacha 10.2
marta
qatnovi amalga oshirilishi, yiliga 65.4% keksalar statsionar tibbiy yordam olishi hamda
statsionardaga o‘rtacha o‘rin kuni 9.7ni tashki qilishi tadqiqot natijasida aniqlandi.
Respondentlar bilan anketa so‘rovnomalari asosida ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy
xizmatlardan qoniqish holati o‘rganlidi. So‘rovnoma 20.3% a’lo, 34.7% yaxshi, 32.1%
esa qoniqarli deb baholanganini ko‘rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: