“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
99
3. Bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari klassifikatoriga “Gerontologiya”,
“Geriatriya” ixtisosliklari, tibbiyot kollejlariga “Patronaj hamshirasi”, “Ijtimoiy
xodim” ixtisosliklarini kiritish bo‘yicha davlat ta’lim standartlariga o‘zgartirishlar
kiritish va shu ixtisosliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish.
4. Barcha mahallalarda qariyalar uchun mo‘ljallangan kunduzgi muloqotda bo‘lish
va hordiq chiqarish jamoatchilik markazlarini ko‘paytirish. Fikrimizcha, milliy
mentalitetdan kelib chiqib, respublikaning barcha tuman, shahar va ovullaridagi
mahallalarda keksa-qariyalar uchun mo‘ljallangan kunduzgi muloqotda bo‘lish va
hordiq chiqarish jamoatchilik markazlari sonini ko‘paytirish maqsadga muvofiqdir.
5. Yolg‘iz keksalarga o‘z uyida ijtimoiy xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish.
Buning uchun aholiga keksa yoshdagi kishilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar to‘g‘risida
to‘liqroq axborot taqdim etish; respublikadagi bandlikka ko‘maklashuvchi markazlar
o‘z faoliyatida ishsiz fuqarolarni mazkur yo‘nalishdagi haq to‘lanadigan jamoat
ishlariga jalb qilishga alohida e’tibor berib muhtoj yolg‘iz keksalarning o‘z uyida
ijtimoiy xizmat turi bilan to‘liq qamrab olishi; keksa insonlarning parvarishi bilan
band bo‘lgan keksalarning qarindoshlariga egiluvchan grafik asosida ishlashga imkon
berish maqsadga muvofiqdir.
O‘ylaymizki, yuqorida berilgan taklif va tavsiyalarni amaliyotga tadbiq etish
O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan qariyalarning ijtimoiy-iqtisodiy farovonligining
oshishiga yordam beradi.
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
Do'stlaringiz bilan baham: |