Uchko‘prik tumani 19-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktoriga
Download 17.1 Kb.
|
19 maktab
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchko‘prik tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i F.A.Do‘ltayev
Uchko‘prik tumani 19-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktoriga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ 173-son qaroriga asosan 2022 yil 1 avgustdan boshlab bosqichma-bosqich Markazlar tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablariga yuridik xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash belgilangan. Qarorga asosan 2021-yil 1-avgustdan boshlab Uchko‘prik tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan tumandagi jami 57 umumiy o‘rta ta’lim matkablariga har tomonlama sifatli va malakali yuridik yordam ko‘rsatib, tashkilot xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish hamda tashkilotlarining mulkiy hamda boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlarini o‘z vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini ta’minlash ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, Markaz xodimlari tomonidan umumiy o‘rta ta’lim direktorlariga taqdim qilinadigan buyruqlar, farmoyishlar va yuridik tusdagi boshqa hujjatlar loyihalarini ularning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, xulosalar berib, o‘zlarining samarali yuridik yordamini ko‘rsatib kelmoqda. Biroq, mazkur hujjatlarni ko‘rib chiqish jarayonida 19-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi mas’ul xodimlari tomonidan hujjat loyihalarini markazga kechiktirib taqdim etish holatlariga yo‘l qo‘yilmoqda. Jumladan, 19-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi tomonidan 2022-yil 7-noyabr kungi fuqaro Mahkamova Sojida Munavarjon qizini boshlangʻich sinf oʻqituvchisi ishga qabul qilish haqidagi mehnat shartnoma loyihasida ishning boshlanishi muddati 2022-yil 4-noyabr kunidan etib belgilangan bo‘lsada, markazga loyiha 3 kun muddat kechiktirib taqdim etilgan. Bu holat Yoʻldashev akramjon meliqoʻziyevich bilan mehnat shartnomasi tuzilishida ham takrorlangan. Budan tashqari, muayyan sababga ko‘ra maktabda vaqtincha bo‘lmagan o‘qituvchining vazifasini boshqa o‘qituvchiga yuklash haqidagi buyruq loyihalari amalda o‘tib bo‘lgan vaqt uchun har oyning hisobot davriga to‘g‘rilab taqdim etish holatlari kuzatilmoqda. Mazkur holatlar markaz tomonidan hujjatlarni ko‘rib chiqlishida qonuniylikni ta’minlashga hamda ularni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishga to‘sqinlik qilmoqda. Yuqoridagilarga ko‘ra, Sizdan, kelgusida yuridik markazga xulosa olish uchun taqdim etiladigan hujjat loyihalarini sifatli va belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishini ta’minlash maqsadida 2022-yil 1-dekabrdan boshlab har bir hujjatni amalda ijro muddati boshlanishidan kamida uch kun oldin yuborilishini ta’minlashingiz so‘raladi. Aks holda, yuqoridagi kabi kamchiliklar bilan hujjatlar yuridik markazga kechiktirib yuborilgan taqdirda, kechiktirilgan hujjatlarga markaz tomonidan salbiy xulosa berilishini ma’lum qilamiz. Uchko‘prik tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i F.A.Do‘ltayev Download 17.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling