“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
101
for healthcare and social security systems. Currently, nearly 40% of health care spending is spent
on long-term care and hospitalization for people over 65. These demographic and epidemiological
changes, together with rapid urbanization, modernization, globalization, and simultaneous changes
in risk factors and lifestyles, have increased the prevalence of chronic diseases among the population,
especially among the elderly, and decreased physical activity and quality of life.
Key words: medical and social service, assistance to elderly people, social assistance, boarding
house.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining statistik ko‘rsatkichlariga
ko‘ra 2021-yilda O‘zbekiston aholisi soni 35 271,3 minga еtgan, shundan keksa
yoshdagilar soni 3 281 ming nafarni tashkil etgan. O‘rtacha umr ko‘rish
davomiyligi
erkaklarda 71.7, ayollarda 75.8 yoshni tashkil etgan. Ushbu ko‘rsatkichlar O‘zbekistonda
aynan keksa yoshdagi shaxslariga tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatishga bo‘lgan
ehtiyojning oshib borishini ko‘rsatmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni
rivojlantirish agentligi tasarrufida keksalar uchun jami 7 ta “Saxovat” internat uylari
bo‘lib, 700 dan ortiq keksalar to‘liq davlat ta’minotiga olingan.
“Saxovat” internat uylari O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan,
O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq ularni parvarish qilishi shart
bo‘lgan qarindoshlari yoki boshqa shaxslar bo‘lmagan yolg‘iz keksalar, 18 yoshidan
boshlab I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda o‘zgalar
parvarishiga
muhtoj yolg‘iz yashovchi I guruh nogironligi bo‘lgan keksalar uchun tibbiy-ijtimoiy
muassasalari hisoblanadi.
Bundan tashqari yashash joylarida Respublika bo‘yicha 4 mingdan ziyod ijtimoiy
xodimlar tomonidan 17 mingga yaqin keksalarga uylarida ijtimoiy xizmat ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: