Startap texnologiyalar


yilda O`zbekiston Respublikasida o`zlashtirilgan investitsiyalarni tarmoqlar bo`yicha taqsimlanishi


Download 37.19 Kb.
bet4/4
Sana15.06.2023
Hajmi37.19 Kb.
#1488218
1   2   3   4
Bog'liq
mustaqil ish

2006 yilda O`zbekiston Respublikasida o`zlashtirilgan investitsiyalarni tarmoqlar bo`yicha taqsimlanishi


2006 yil uchun


Investitsiya hajmi

(mln. AQSH dollari)


Jamiga nisbatan %

Neft’ va gaz


298.1

43.6

Engil sanoat


132.2

19.3

IT va telekommunikatsiya


104.1

15.2

Oziq-ovqat sanoati


42.2

6.2

Moliya

20.9

3.1

Qurilish materiallari sanoati

13.1

1.9

Qazilma boyliklari


6.8

1.0

Elektronika


4.9

0.3

Kimyo va neftekimyo sanoati


2.1

0.1

Mashinasozlik


1.8

0.1

Ta`lim sohasi


4.9

0.3

Boshqa tarmoqlar


52.9

7.7

JAMI

683.8

100


Mamlakatimizda ushbu sohani huquqiy tartibga soluvchi "CHet el investitsiyalari to`g`risida"gi qonun hamda bir qator boshqa qonun hujjatlari qabul qilindi. Ushbu qonunlarni qabul qilish, ularga zamon talablariga mos ravishda o`zgartish va qo`shimchalar kiritib borishning sababi bitta - qaerda imtiyoz, qaerda sharoit bo`lsa, qonuniy kafolat beriladigan bo`lsa, shu yoqqa investitsiya keladi. Mamlakatimizdagi siyosiy, iqtisodiy, moliyaviy barqarorlik chet el investitsiyasi uchun har tomonlama qulay sharoit yaratmoqda. Davlatimiz rahbarining oqilona siyosati natijasida qabul qilinayotgan imtiyozli muhitni yaratuvchi qonunlar chet ellik investorlarda tobora katta qiziqish uyg`otmoqda. Xususan, 2008 yil 8 aprelda matbuotda e`lon qilingan "Bojxona imtiyozlarining qo`llanilish tartibini takomillashtirish maqsadida O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartishlar kiritish to`g`risida"gi qonun chet el investorlarini jalb qilish bo`yicha izchil amalga oshirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomidir.
Ma`lumki, chet el investorlari mamlakatimiz hududida ishlab chiqarish faoliyatini, qoidaga ko`ra, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tashkil etish yo`li bilan amalga oshiradilar. O`z ehtiyojlari uchun yurtimiz hududiga zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalar, ularga butlovchi buyumlar, shuningdek, xomashyo va materiallar olib kirayotgan xorijiy investorlar uchun amaldagi qonun hujjatlarida muayyan imtiyozlar nazarda tutilgan. Jumladan, "Boj tarifi to`g`risida"gi qonunning 33-moddasi va "CHet el investitsiyalari to`g`risida"gi qonunning 12-moddasiga muvofiq, xorijiy investorlar tomonidan o`z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun O`zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan mol-mulkka bojxona boji solinmas edi. YAngi qonun asosida - chet ellik investorlar uchun yanada qulay muhit yaratish maqsadida - yuqorida qayd etilgan har ikki qonunga o`zgartishlar kiritildi. Mazkur qonunning qabul qilinishi natijasida "Boj tarifi to`g`risida"gi qonunning 33-moddasida va "CHet el investitsiyalari to`g`risida"gi qonunning 12-moddasida belgilangan imtiyozlar ustav fondida chet el investitsiyalarining ulushi kamida o`ttiz uch foiz bo`lgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi qo`shma korxonalarga ham tatbiq etiladigan bo`ldi. Joriy yilda iqtisodiyotimizni rivojlantirishga barcha moliyaviy manbalar hisobidan qiymati 5,4 milliard dollardan ziyod, jumladan, umumiy qiymati taxminan 1,5 milliard dollarga teng xorijiy investitsiyalarni kiritish ko`zda tutilmoqda. Buning natijasida mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalarning o`sish sur`ati 40 foizdan oshadi. Xorijiy sarmoyalarni kiritish hisobidan 80 dan ortiq investitsiya loyihasini amalga oshirish, umumiy qiymati 1,4 milliard dollarlik o`ttizdan ziyod obektni foydalanishga topshirish mo`ljallangan. YAngi qonunda ko`zda tutilgan imtiyozlar ana shu xayrli maqsadlarga erishishimizda muhim rag`batlantiruvchi omil bo`lib xizmat qiladi.

XULOSA
O`zbekiston Respublikasining investitsiya dasturi bu - davlat tomonidan xorijiy investitsiyalarni ko`llab quvvatlash uchun ustuvor va birinchi galda bajarilishi kerak bo`lgan davlat tomonidan ragbatlantiriluvchi yo`nalishlarni ishlab chiqish vositasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar hamda xorijiy investorlar uchun qulay investitsiya muxitini yaratish va ular kiritgan mablag`larning yukori iqtisodiy samaradorligiga erishish uchun mukammal xuquqiy baza, tegishli institutlar yaratish tizimidir.O`zbekiston Respublikasining investitsiya dasturi (ingl. investment policy) – ichki va tashqi siyosatning umumiy yo`nalishi xisobga olingan ijtimoiy-iqtisodiy va xususiy xo`jalik karorlari majmuasi bo`lib, mablag`laglardan foydlanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida malakat ichiga va xorijga kiritilgan sarmoyalarning yo`nalishi va joylashuvini belgilaydi.
Ishlab chiqarish salohiyatining o`sishi, iqtisodiy o`sish sur`atlari, moddiy va ma`naviy boyliklarni ishlab chiqarish xajmi va sifatining ko`tarilishi va butun infrastrukturaning rivojlanishi ko`p jixatdan investitsiya va investitsiya dasturiga bog`liq.
Investitsiya dasturi davlatning investitsiya mablag`larini mamlakatda moddiy boyliklar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun safarbar kilish vazifasidan iboratdir. Tashkiliy-xuquqiy jixatdan davlat siyosatining bu soxasi uning tegishli idoralari tomonidan ushbu siyosatnining maqsad va vazifalari amalga oshiriladigan faoliyatdir. Investitsiya dasturining tashqi tomoni xam bor bo`lib, u xalx xo`jaligini zamonaviy texnika, texnologiya va ishlab chixrishni tashkil etish asosida jadal rivojlantirish vazifasini xal etish uchun iqtisodiyotga chet el investitsiyalarini jalb etishni o`z ichiga oladi. Bu vazifani ko`shma korxonalar barpo kilish, ya`ni to`gridan to`gri xorijiy xususiy investitsiyalardan foydalanish yo`li bilan xal etish mumkin. SHu munosabat bilan xorijiy investitsiyalarni xuquqiy tartibga solish masalalari dolzablashadi.Anik, samarador va xa`tiy rioya kilinadigan konunlariga ega bo`lgan ochix va liberal investitsiya dasturi xorijiy investitsiyalarni jalb etishning xudratli kurolidir. Bunday siyosatni ishlab chikish respublikaning asosiy vazifalaridan biri bo`lib xolishi kerak. Xorijiy investitsiya faqat ishlab chiqarish va bozor rivojlangan sharoitda, ya`ni xalqaro bozordagi sarmoya eksporti bungacha mavjud bo`lgan tovarlar eksportidan yuqori bo`lganda paydo bo`ladi.Davlat investitsiya jarayonini tashkil qiluvchi va asosiy investor bo`lib xizmat kilishi kerak – ijtimoiy siyosat nuxtai nazaridan bu uning asosiy vazifasi xisoblanadi. Investitsiyalarning miqdoriy o`sishi ichki investitsiya dasturi (mablag`larni noishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish xisobiga safarbar kilish) vositasida ta`minlanadi. Investitsiyalar sifatining o`sishi ichki (fan va texnika yotuxlarini tadbik kilish) va tegishli tashqi investitsiya dasturi (xorijiy investitsiyalar – texnik tarkibi va xususiyatiga ko`ra yukorirox bo`lganlarini jalb etish) vositasida ta`minlanadi. Ichki investitsiya dasturi xam tashqi investitsiya dasturi xam, xar ikkalasi investitsiyalashning turli manbalaridan turli shakllardagi investitsiyalarni jalb etish zaruriyatini nazarda tutadi.
Investitsiya dasturining mohiyati va mazmuni eng qulay xuquqiy vositalarni topish – investitsiya jarayoni va investitsiyani xuquqiy tartibga solishdan iborat. Ratsional investitsiya dasturini amalga oshirayotgan davlat ixtiyorida xuquqiy tartibga solishning ikki vositasi mavjud: milliy-xuquqiy va xalqaro-xuquqiy.
Davlatning tashqi investitsiya dasturi xuquqiy nuqtai nazardan xorijiy investitsiyalar uchun qulay xuquqiy muxit yaratishdan iborat bo`lib, bu milliy xuquqiy tartibot, milliy xuquqiy shakllar va normalardan (konunlar va boshka me`yoriy aktlar) xamda xalqaro-xuquqiy tartibot, xalqaro-xuquqiy shakl va normalardan (ikki va ko`p tomonlama shartnomalar va bitimlar) foydalanishni nazarda tutadi. Bularning barchasida xam ichki xam tashqi investitsiya siyosatlari xisobga olinishi shart.
Investitsiya dasturining aniq maqsadga yo`naltirilgan va ilmiy asoslangan asosiy vazifsi (funktsiyasi) davlatning jamiyatda moddiy va ma`naviy boyliklarni ishlab chiqarishni tashkil etish uchun investitsiya mablag`larini safarbar kilish bo`yicha faoliyat yuritishidan iborat.
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. “ Organizational Blueprints for Success in High-Tech Start-Ups” – James N, Michael T. Hannah.

  2. “5 Ways to Pay Your Employees When Your Stratup is Just Getting Started” A.Field, J. Anne.

  3. Maqolalar:

  4. “Do I have to leave to lunch?” - Trisha Gura.

  5. “The rise of regulatory affairs in innovative startup” Bruce Booth.

  6. “This is why your startup plan needs to include HR” Courtney Seiter-Buffer.

  7. Internet maqolalari:

  8. “Startap jamoasiga kishilarni qanday yollash kerak?” – www.texnoman.uz

  9. Startap uchun jamoani qanday topish mumkin?” – www.texnoman.uz

  10. Startap nima degani va u nima uchun kerak? – www.norma.uz



Download 37.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling