6. Moliyalashtirish muammolari. Ehtimol, g‘oyalarni ro‘yobga chiqarish uchun mablag‘ etishmasligi startapning asosiy xarakterli xususiyati bo‘lsa kerak. Buning ajablanarli joyi yo‘q, axir startaplar g‘ayrati ichiga sig‘mayotgan, lekin puli yo‘q bo‘lgan yoshlar tomonidan yaratiladi. Shuning uchun startaplarga investorlar – yangi g‘oyalarga qiziqadigan va ushbu loyihalarga sarmoya kiritish orqali ularning ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadigan odamlar kerak bo‘ladi. Shuningdek, investor uchun foyda olish imkoni ham jozibali tuyuladi.
Shunday qilib, quyidagi xulosaga kelish mumkin:
“Bozori chaqqon” bo‘lmagan startap hech qanday imkoniyatga ega emas. Maqsadli auditoriya uni rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lishi kerak, aks holda, hech bir investor loyihani ishga tushirish uchun mablag‘ tikishga jazm etmaydi.
Startaplarning qanday turlari bor?
Startaplarni bir nechta belgilari, masalan, mahsulot xususiyatlari va sotish bozori bo‘yicha tasniflash qabul qilingan. Startaplarning quyidagi turlari mavjud:
“Muvaffaqiyatli nusxalar”. Ushbu guruhga muayyan darajada xorijiy startaplarning klonlari bo‘lgan ko‘p sonli mahalliy loyihalar kiradi. Birinchi navbatda, bu ijtimoiy tarmoqlardir. Ma’lum bo‘lishicha, bunday nusxalar juda istiqbolli ekan.
“Tajovuzkor kelgindilar”. Bu guruh bozorning qandaydir segmentini qo‘lga kiritish va undan raqobatdosh kompaniyalarni chiqarib yuborishga yo‘naltirilgan startaplarni o‘zida birlashtiradi. Mahsulotni bozorga kiritish uning mutlaqo narx afzalligi tufayli amalga oshirilishi mumkin.
“Sirli tulporlar”. O‘ta yangiligi bois istiqboli mavhum bo‘lgan startaplarni shunday deb atash mumkin. Bir tomondan, ushbu startaplarning yaratuvchilari ularni ilgari surishga harakat qilgan holda katta tavakkalga borishadi, boshqa tomondan – bu muvaffaqiyatli amalga oshsa, ular uchun ulkan foyda kafolatlangan.
Shuningdek, startaplarni ularda ilm-fan ishtiroki darajasiga ko‘ra ham farqlash mumkin:
• Yuqori texnologiyalarga asoslangan startaplar. Eng yangi ilmiy kashfiyotlarga asoslangan biznes juda foydali bo‘lishi mumkin. Biroq uni ishga tushirish uchun jiddiy moliyalashtirish talab etiladi, buni esa faqat yirik investorlar ta’minlashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |