Startap tushunchasi; Startapning o‘ziga xos xususiyatlari; Startapning rivojlanish bosqichlari


Download 38.48 Kb.
bet4/8
Sana23.01.2023
Hajmi38.48 Kb.
#1112480
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
loyiha mt

An’anaviy startaplar. Aslida, muvaffaqiyatli biznesni yo‘lga qo‘yish uchun innovatsion g‘oyalar yaratish shart emas. Ayrim startaplar sodda va osonlik bilan amalga oshiriladigan g‘oyalar asosida shakllangan va buning natijasida o‘z yaratuvchilarini boy odamlarga aylantirgan.

3. Startapning rivojlanish bosqichlari
Startapning rivojlanish jarayonida 5 ta bosqich ajratiladi:
1. Ekish bosqichi yoki Pre-Seedstage. Ushbu bosqichda g‘oyalarni qidirish va uni ro‘yobga chiqarishning texnik usullarini ishlab chiqish sodir bo‘ladi. Tashabbus guruhi bozorni tahlil qiladi, biznes-rejani yozadi, texnik topshiriqni shakllantiradi. Undan so‘ng mahsulot prototipini yaratish, uning versiyasini sinab ko‘rish, talabni o‘rganish va moliyalashtirish manbalarini izlash amalga oshiriladi. Agar investor topilmasa, loyiha “so‘nib qoladi”. Afsuski, aksariyat startaplar aynan shunday qismatga duchor bo‘ladi.
2. Ishga tushirish yoki StartupStage. Shunday qilib, investor topildi: mahsulotni bozorga chiqarish mumkin. Bozor sharoitida mahsulot o‘xshash mahsulotlardan ustunligi va afzalligini isbotlashi kerak. Ammo bu bosqichda raqiblarni dog‘da qoldirish unchalik ham oson emas. Startap yaratuvchilari qat’iyatli bo‘lishi, ijodiy fikrlashi va ishbilarmonlik namoyon etishi kerak. Aynan shu jarayonda loyiha eng katta tavakkalchilikka uchraydi. Agar maqsadli auditoriya befarq bo‘lib qolsa, bu hikoyaga shu erda xotima yasaladi.
3. O‘sish yoki GrowthStage. Faraz qilaylik, loyiha raqobat kurashida omon qoldi. Mahsulotga talab yuqori va u ishlab chiqaruvchilar mo‘ljal olgan bozorni asta-sekin egallab olmoqda. Demak, zararsizlik nuqtasiga chiqish va investorlarga qandaydir foyda keltiradigan vaqt kelgan.
4. Kengayish yoki ExpansionStage. Biznes-rejada aks ettirilgan maqsadlarga nihoyat erishildi. Biroq ishlab chiquvchi-kompaniya bu bilan to‘xtab qolmaydi – u o‘z “farzandi”ni yangi bozorlarga ilgari surishni davom ettiradi. Uning pozitsiyasiga endi hech narsa tahdid solmaydi: uni tanishadi, mahsulotlari uchun barqaror talab mavjud, daromadlari esa tobora o‘sib bormoqda.

Download 38.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling