Startap tushunchasi; Startapning o‘ziga xos xususiyatlari; Startapning rivojlanish bosqichlari


Download 38.48 Kb.
bet5/8
Sana23.01.2023
Hajmi38.48 Kb.
#1112480
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
loyiha mt

5. Chiqish yoki ExitStage. Kompaniya o‘z taraqqiyotining eng yuqori cho‘qqisiga erishgach, loyihani moliyalashtirgan investorlar bu biznesda o‘z ulushlaridan voz kechadi va uni yanada yirik o‘yinchilarga sotib yuborishadi. Bu tadbir ularga yaxshi foyda keltiradi. Aytish joizki, aynan shu lahza uchun ham ular istiqbolli tashabbuslarga mablag‘ joylashtirishadi. Umuman olganda, ayrim investorlar o‘z ulushlarini saqlab qolishi va undan doimiy daromad manbai sifatida foydalanishi ham mumkin.
Startap investorlar va ishlab chiquvchilar uchun nimasi bilan qiziqarli?
G‘oya muallifi ham, uni ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashadigan investor ham startapning moliyaviy muvaffaqiyatidan birdek manfaatdor. Muvaffaqiyatga erishilgan taqdirda, ularning har biri o‘z foydasiga ega bo‘ladi. To‘g‘ri, bunda investor ko‘proq tavakkal qiladi. Ammo keyinchalik uning foydasi ham startap foydasidan ko‘ra salmoqliroq bo‘ladi.
Ishlab chiquvchi manfaati. Startapga bor kuch-g‘ayratini sarflar ekan, ishlab chiquvchi o‘z g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishga, muvaffaqiyat va e’tirofga erishishga intiladi, shuningdek, u shunchaki sevimli ishi bilan shug‘ullanadi va uning sa’y-harakatlari taqdirlanishiga umid qiladi. Ayrim hollarda shunday bo‘ladi ham.
Investor manfaati. Investor, tabiiyki, startapni biroz boshqacha qabul qiladi. Uning uchun eng muhimi kapitalni ko‘paytirish hisoblanadi. Uning oldida ikkita yo‘l bor: rivojlanayotgan biznesga mablag‘ kiritish, keyin esa bu vaqtda kelib qimmat turadigan o‘z ulushini sotish yoki uni o‘zida qoldirish va undan passiv daromad olish.
Startaper va investor loyihani amalga oshirishdan daromadlarni qay tarzda bo‘lishish haqida oldindan kelishib olishadi. Odatda, investor foydaning ko‘proq qismini oladi va bu tamomila adolatdan, axir aynan u moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydi hamda loyiha omadsizlikka uchrasa, riskka duchor bo‘ladi. Ishlab chiquvchi foydaning o‘rtacha 5 dan 10 foizgachasini oladi, lekin agar bu jon kuydirishga arziydigan ish bo‘lib chiqsa, u holda bu pullar unga betashvish hayotni kafolatlaydi.
Garchi innovatsion kompaniyalarning istiqbollarini quvonarli deb aytish amrimahol bo‘lsa-da, bugungi kunda ishbilarmon va investorlarning startap yaratishga bo‘lgan qiziqishi tobora o‘sib bormoqda. Axir, barcha loyihalarning ko‘pi bilan 10% i risoladagidek rivojlanishga erishmoqda, xolos.
Kelgusi bir necha yil mobaynida moliyaviy xizmatlar, ekologiya texnologiyalari, tibbiyot uskunalari, biofarmatsevtika, media loyihalari, ijtimoiy tarmoqlar, telekommunikatsiyalar, yarimo‘tkazgichlar, sihat-salomatlik, iste’mol tovarlari va xizmatlar kabi yo‘nalishlar faol rivojlanadi.
Ko‘rib turganingizdek, startap – bu shunchaki yosh kompaniya emas. Startap – bu qanday bo‘lmasin, o‘z loyihasini ilgari surishga tayyor bo‘lgan intiluvchan yoshlar tomonidan yaratilgan firma. Startaperlar hamisha moliyalashtirish etishmasligini boshdan kechirgani bois, ularga foyda olish imkoniyati tufayli jalb etilgan investorlar yordamga keladi. Ularsiz loyiha hech qanday imkoniyatga ega bo‘lmaydi.
Bizning davrimizda turli mamlakatlar va ularning mintaqalari iqtisodiyotida sezilarli o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Bunday o‘zgarishlar telekommunikatsiyalar evolyutsiyasi, Internet tarmog‘ining keng rivojlanishi va g‘oyalarning jadal tarqashi tufayli yuzaga keldi. Shuningdek, an’anaviy sohalarda ishlab chiqarishning Evropa va Amerika Qo‘shma Shtatlaridan rivojlanayotgan mamlakatlarga ko‘chish tendentsiyasi ham kuzatilmoqda. Chunki bu mamlakatlar erkin bozori, mehnat haqi va boshqa ishlab chiqarish xarajatlari pastligi bilan ajralib turadi.
Ishlab chiqarishni ko‘chirish uchun eng mashhur mamlakatlar Xitoy, Chili, V’etnamdir. Shuni ta’kidlash joizki, ko‘plab mamlakatlar xom ashyo daromadlaridan innovatsion daromadlarga o‘tib ketmoqda. Lekin keyingi paytlarda AQSHda sanoatning rivojlanayotgan mamlakatlardan yana AQSHga qaytishi bilan bog‘liq juda muhim tendentsiya paydo bo‘ldi. Bu intellektual mulkni muhofaza qilish va mahsulot sifatini nazorat qilish bilan bog‘liq.
Mutaxassislar startaplarning uzoq kelajagi borligini taxmin qilmoqdalar: innovatsiya tezligi va ularning ahamiyati nafaqat o‘sib boradi, balki ularni ko‘tarish va qo‘llab-quvvatlash xarajatlari pasayadi. Bugun muvaffaqiyatli startapni boshlash uchun 10 yil oldingiga nisbatan o‘n, ba’zan esa yuz marta kamroq investitsiya kerak. Shunga qaramay, ma’lum miqdorda investitsiya baribir zarur.



Download 38.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling