Startap tushunchasi; Startapning o‘ziga xos xususiyatlari; Startapning rivojlanish bosqichlari


Download 38.48 Kb.
bet8/8
Sana23.01.2023
Hajmi38.48 Kb.
#1112480
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
loyiha mt

Franshiza. Birinchi variant – franshizadir. Agar “perpetummobile” ixtiro etmasangiz va “biznesdan nusxa ko‘chirish” yo‘lidan borsangiz – 80% boshlovchilar xuddi shunday qiladi va bu normal biznes sxemasi sanaladi – franshiza variantlarini qidiring. U nima beradi? Franshizani sotib olar ekansiz, siz quyidagi imkoniyatlarni qo‘lga kiritasiz:
A) qanday sotish kerakligi haqida batafsil ko‘rsatmalar bilan yaxshi tashkil etilgan biznes jarayoni;
B) allaqachon ilgari surilgan kompaniya nomi (brend);
V) reklamada tejamkorlik – asosiy kompaniyasi baribir reklama uchun mablag‘ sarflaydi va siz unga, umuman olganda, qo‘shimcha savdo kanali sifatida qiziqarlisiz (reklama namunalari, yo‘riqnoma va hokazolar, odatda, taqdim etiladi).
Biznesning aynan franchayzing modelida startap uchun kredit olish juda oson kechadi. Bir tomondan, ayrim banklar franchayzing biznes ostida maxsus kredit dasturlarini taklif qilishadi. Boshqa tomondan, banklar bilan hamkorlikda ayrim franchayzerlarning o‘zi ham tashabbusingizni qisman moliyalashtirish uchun kredit yoki tovar krediti berishga tayyor turadi.
Yuqorida sanab o‘tilgan ijobiy jihatlar qatoriga franshiza taqdim etuvchi kompaniya siz bilan hech qanday yuridik munosabatda bo‘lmaydi, ya’ni, yuridik jihatdan biznes sizga rasmiylashtiriladi, lekin savdo belgisi boshqaniki bo‘ladi. “Tanganing orqa tomoni” – franchayz sifatida sizga qo‘yilayotgan talablarga qanchalik mos kela olishingizni baholaysizmi? Eng muhimi, bir oyda sotilishi kerak bo‘lgan minimal savdo hajmi.
Startaplarni davlat tomonidan moliyalashtirish. Mamlakat miqyosida tadbirkorlik loyihalari uchun bir qator yirik subsidiya dasturlari va grantlar joriy etilmoqda. Biznesni qo‘llab-quvvatlash sohasida davlat siyosati orqali startapga mablag‘ ajratilmoqda. Bugungi kunda innovatsion loyihalar va qishloq xo‘jaligi asosiy yo‘nalishlar hisoblanadi.
Davlat o‘z investitsiya fondlari faoliyatini ta’minlaydi. Pul mablag‘lari tanlov asosida federatsiya sub’ektlari o‘rtasida va alohida ijtimoiy yo‘naltirilgan loyihalar o‘rtasida taqsimlanadi. Mamlakatimizda davlat grantlari olish uchun ayni paytda innovatsion startaplar katta ustuvorlikka ega, chunki moliya siyosatining asosiy maqsadi yuqori texnologiyalar bilan bog‘liq ilm-fanga asoslangan tarmoqlarni rivojlantirishga qaratilgan.
Biznes g‘oyalarni amalga oshirishning dastlabki bosqichi uchun mablag‘ to‘plash uchun loyihaning kelajakdagi muvaffaqiyatiga investorlarni ishontirish kerak. Uning miqyosiga qarab tadbirkor startapni moliyalashtirish manbasini tanlaydi. Investitsiyalar qisqa va o‘rta muddatda eng kam xarajatlar bilan daromad keltirishi uchun moliyalashtirishning alohida shakllari va manbalari xususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Tadbirkor har doim o‘z kuchiga tayanadi, shuning uchun startap g‘oyalarni amalga oshirishning har bir bosqichida risklarni to‘g‘ri hisoblashi kerak.
Download 38.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling