Startaplarni moliyalashtirish
Download 18.14 Kb.
|
Startaplarni moliyalashtirish-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Kengayish yoki ExpansionStage
- 3. O‘sish yoki GrowthStage
- 5. Chiqish yoki ExitStage
- XULOSA.
- Investor manfaati
3. O‘sish yoki GrowthStage. Faraz qilaylik, loyiha raqobat kurashida omon qoldi. Mahsulotga talab yuqori va u ishlab chiqaruvchilar mo‘ljal olgan bozorni asta- sekin egallab olmoqda. Demak, zararsizlik nuqtasiga chiqish va investorlarga qandaydir foyda keltiradigan vaqt kelgan. 4. Kengayish yoki ExpansionStage. Biznes-rejada aks ettirilgan maqsadlarga nihoyat erishildi. Biroq ishlab chiquvchi-kompaniya bu bilan to‘xtab qolmaydi – u o‘z “farzandi”ni yangi bozorlarga ilgari surishni davom ettiradi. Uning pozitsiyasiga endi hech narsa tahdid solmaydi: uni tanishadi, mahsulotlari uchun barqaror talab mavjud, daromadlari esa tobora o‘sib bormoqda.3. O‘sish yoki GrowthStage. Faraz qilaylik, loyiha raqobat kurashida omon qoldi. Mahsulotga talab yuqori va u ishlab chiqaruvchilar mo‘ljal olgan bozorni asta- sekin egallab olmoqda. Demak, zararsizlik nuqtasiga chiqish va investorlarga qandaydir foyda keltiradigan vaqt kelgan. 4. Kengayish yoki ExpansionStage. Biznes-rejada aks ettirilgan maqsadlarga nihoyat erishildi. Biroq ishlab chiquvchi-kompaniya bu bilan to‘xtab qolmaydi – u o‘z “farzandi”ni yangi bozorlarga ilgari surishni davom ettiradi. Uning pozitsiyasiga endi hech narsa tahdid solmaydi: uni tanishadi, mahsulotlari uchun barqaror talab mavjud, daromadlari esa tobora o‘sib bormoqda. 5. Chiqish yoki ExitStage. Kompaniya o‘z taraqqiyotining eng yuqori cho‘qqisiga erishgach, loyihani moliyalashtirgan investorlar bu biznesda o‘z ulushlaridan voz kechadi va uni yanada yirik o‘yinchilarga sotib yuborishadi. Bu tadbir ularga yaxshi foyda keltiradi. Aytish joizki, aynan shu lahza uchun ham ular istiqbolli tashabbuslarga mablag‘ joylashtirishadi. Umuman olganda, ayrim investorlar o‘z ulushlarini saqlab qolishi va undan doimiy daromad manbai sifatida foydalanishi ham mumkin. XULOSA.XULOSA. Startapga bor kuch-g‘ayratini sarflar ekan, ishlab chiquvchi o‘z g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishga, muvaffaqiyat va e’tirofga erishishga intiladi, shuningdek, u shunchaki sevimli ishi bilan shug‘ullanadi va uning sa’y harakatlari taqdirlanishiga umid qiladi. Ayrim hollarda shunday bo‘ladi ham. Investor manfaati. Investor, tabiiyki, startapni biroz boshqacha qabul qiladi. Uning uchun eng muhimi kapitalni ko‘paytirish hisoblanadi. Uning oldida ikkita yo‘l bor: rivojlanayotgan biznesga mablag‘ kiritish, keyin esa bu vaqtda kelib qimmat turadigan o‘z ulushini sotish yoki uni o‘zida qoldirish va undan passiv daromad olish. Startaper va investor loyihani amalga oshirishdan daromadlarni qay tarzda bo‘lishish haqida oldindan kelishib olishadi. Odatda, investor foydaning ko‘proq qismini oladi va bu tamomila adolatdan, axir aynan u moliyaviy qo‘llab- quvvatlashni ta’minlaydi hamda loyiha omadsizlikka uchrasa, riskka duchor bo‘ladi. Ishlab chiquvchi foydaning o‘rtacha 5 dan 10 foizgachasini oladi, lekin agar bu jon kuydirishga arziydigan ish bo‘lib chiqsa, u holda bu pullar unga betashvish hayotni kafolatlaydi. Garchi innovatsion kompaniyalarning istiqbollarini quvonarli deb aytish amrimahol bo‘lsa-da, bugungi kunda ishbilarmon va investorlarning startap yaratishga bo‘lgan qiziqishi tobora o‘sib bormoqda. Axir, barcha loyihalarning ko‘pi bilan 10% i risoladagidek rivojlanishga erishmoqda, xolos. Download 18.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling