Startaplarni moliyalashtirish
Moliyalashtirish muammolari
Download 18,14 Kb.
|
Startaplarni moliyalashtirish-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Startapning rivojlanish bosqichlari
- 2. Ishga tushirish yoki StartupStage
6. Moliyalashtirish muammolari. Ehtimol, g‘oyalarni ro‘yobga chiqarish uchun mablag‘ etishmasligi startapning asosiy xarakterli xususiyati bo‘lsa kerak. Buning ajablanarli joyi yo‘q, axir startaplar g‘ayrati ichiga sig‘mayotgan, lekin puli yo‘q bo‘lgan yoshlar tomonidan yaratiladi. Shuning uchun startaplarga investorlar – yangi g‘oyalarga qiziqadigan va ushbu loyihalarga sarmoya kiritish orqali ularning ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadigan odamlar kerak bo‘ladi. Shuningdek, investor uchun foyda olish imkoni ham jozibali tuyuladi. Shunday qilib, quyidagi xulosaga kelish mumkin: “Bozori chaqqon” bo‘lmagan startap hech qanday imkoniyatga ega emas. Maqsadli auditoriya uni rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lishi kerak, aks holda, hech bir investor loyihani ishga tushirish uchun mablag‘ tikishga jazm etmaydi.
3. Startapning rivojlanish bosqichlari3. Startapning rivojlanish bosqichlari Startapning rivojlanish jarayonida 5 ta bosqich ajratiladi: 1. Ekish bosqichi yoki Pre-Seedstage. Ushbu bosqichda g‘oyalarni qidirish va uni ro‘yobga chiqarishning texnik usullarini ishlab chiqish sodir bo‘ladi. Tashabbus guruhi bozorni tahlil qiladi, biznes-rejani yozadi, texnik topshiriqni shakllantiradi. Undan so‘ng mahsulot prototipini yaratish, uning versiyasini sinab ko‘rish, talabni o‘rganish va moliyalashtirish manbalarini izlash amalga oshiriladi. Agar investor topilmasa, loyiha “so‘nib qoladi”. Afsuski, aksariyat startaplar aynan shunday qismatga duchor bo‘ladi.
Download 18,14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling