Statik suzish
Download 20.56 Kb.
|
Statik va dinamik suzish
DINAMIK SUZISH
Dinamik suzish-ichki va tashqi kuchlarning o'zaro ta'siri natijasida oyoq-qo'l harakatlari yordamida hosil bo'ladigan qo'shimcha harakatdir. Odamning suvdagi faol ichki kuchlaridan biri-muskul kuchlaridir. Tashqi kuchlarga gidrostatik kuchlar va og'irlik kuchi, shuningdek gidrodinamik kuchlar kiradi. Odamning suvdagi harakati natijasida paydo bo'lgan og'irlik kuchi Har bir suzuvchi uchun doimiy bo'lib, u pastga yo'nalgan bo'ladi. Ko'taruvchi kuch gavda ayrim a'zolarining suvga botish darajasiga qarab o'zgaradi va har doim yuqoriga yo'nalgan bo'ladi. Havoga nisbatan suv zichligining kattaligidan foydalanib, usullar vositasida odam o'z gavdasini suvda harakatga keltiradi. Bir tomondan suvning katta zichligi tayanch reaksiyasini oshiradi, ikkinchi tomondan esa, harakatlanayotgan gavdaga muhit ta'sirini kuchaytiradi. Suv yuzidagi gavdaning bir qismi havo qarshiligiga uchraydi, lekin suzuvchining tezligi 1,0-2 mG'sek bo'lganda bu ta'sir juda kam bo'ladi va shuning uchun bu qarshilik ahamiyat kasb etmaydi. Suvda harakatlanayotgan gavdaga ta'sir etuvchi kuchlarni aniqlash nihoyatda qiyin. Bu kuchlarni aniqlash uchun gidromexanika tajriba metodlaridan keng foydalaniladi. U yoki bu model yordamida aerodinamik trubalarda va maxsus sinov hovuzlarida kuzatishlar olib boriladi. Harakatsiz model aerodinamik trubalarda ma'lum tezlnk bilan harakatlanayotgan havo oqimiga qo'yiladi va harakatlanayotgan kuchlar aerodinamik o'lchovlar yordamida aniqlanadi. Buning uchun hovuzlarda sinalayotgan «gavda» tezlik bilan shatakka olinadi va harakatlanuvchi kuchlar dinamometr bilan o'lchanadi. Aerodinamik o'lchov va dinamometrlarning ko'rsatishicha, faqat harakatlanuvchi kuchlar ustida fikr yuritib qolmasdan, bu kuchlar gavdaning formasi va joylashishiga qarab o'zgarishini, uning suv sathidagi holati va harakat tezligini ham o'rganish mumkin. Suzganda odam gavdasining forma va holati suzish usullari va harakat fazalariga qarab o'zgaradi. Suzuvchining oldinga siljish tezligi Har bir harakat siklida bir tekis bo'lmaydi. U eshish paytida oshadi va tayyorgarlik harakatlari va nafas olish paytida pasayadi. Suzish tezligining bir lahzaga o'zgarishi tufayli har bir harakat siklida gavdaning formasi va holatiga ta'sir etuvchi kuchlarni kuzatish qiyin. Bu kuchlarga baho berish uchun odamning harakat tezligi spesifikasi, shuningdek tajribalar natijasida yig'ilgan ma'lumotlarni nazarga olgan holda gidromexanik tekshirishdan olingan xulosalardan foydalanish mumkin. Download 20.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling