Statika reja : Boshlang'ich tushunchalar


Qattiq jismning muvozanat turlari


Download 399.45 Kb.
bet8/9
Sana29.12.2022
Hajmi399.45 Kb.
#1071891
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Qattiq jismning muvozanat turlari.Qattiq jism muvozanatining uch xil turi mavjud: turg’un, turg’unmas va
h2 befarq. Jism muvozanat holatidan biroz og’dirilganda uni muvozanat holatiga qaytaruvchi kuch yuzaga kelsa bunday muvozanat turg’un muvozanat deyiladi. Botiq sirtda turgan jism, yengil ipga osilgan jismning muvozanati

turg’un muvozanatga misoldir.Turg’un muvozanatni energetik nuqtai nazaridan tahlil qilaylik. Sharchaning 1- va 2- holatini energetik nuqtai nazardan baholaganimizda E1 < E2 bo’ladi (59-rasm), Sharcha turgun muvozanat vaziyatida turganda, uning og’irlik markazi har qanday qo’shni vaziyatlardan pastda bo’ladi. Demak, turg’un muvozanat vaziyatida jism eng kichik potensial energiyaga ega bo’lar ekan, ya’ni Ep=min.

1 2
h2

    1. rasm

Jism muvozanat holatidan bir oz og’dirilganda uning og’ishini davom ettiruvchi kuch yuzaga kelsa bunday muvozanat turg’unmas muvozanat deyiladi. Qavariq sirtda turgan jismning muvozanati turg’unmas muvozanatga misoldir (60-rasm),. Sharchaning 1- va 2-

holatini energetik nuqtai nazardan baholaganimizda E1 > E2 bo’ladi. Sharcha turg’unmas muvozanat holatida turganda, uning og’irlik markazi har qanday qo’shni vaziyatlardan yuqorida turadi.. Demak, turg’unmas muvozanat vaziyatida jism eng katta potensial energiyaga ega bo’lar ekan, ya’ni Ep=max. Shu sababli jism turg’unmas muvozanat vaziyatidan chiqarilganida potensial energiyasi kamayadigan tomonga qarab harakat qiladi.

Muvozanat vaziyatidan chiqarilganda massa


1 2

    1. rasm

markazining vaziyati o’zgarmaydigan jismning muvozanati befarq muvozanat deyiladi. Gorizontal sirtda turgan jismning muvozanati befarq muvozanatga misoldir (61-rasm). Sharchaning 1- va 2- holatini energetik nuqtai nazardan baholaganimizda E1 = E2 ekanligi aniq. Sharcha

befarq muvozanat holatida turganda, uning og’irlik markazi har qanday qo’shni vaziyatlarida bir xilda bo’ladi. Demak, befarq muvozanat holatida jismning potensial energiyasi o’zgarmas qiymatga ega bo’ladi, yani Ep=const.
Muvozanatda turgan jismning tayanch nuqtasi singari, tayanch yuzasi ham muhim ahamiyatga egadir. Masalan 62-rasmda silindr shakldagi jismning uch holati tasvirlangan. Silindrning sirtga tegib turgan yuzasi uning tayanch yuzasi bo’ladi.Tasvirlangan birinchi holatda(62 rasm, a) jismning muvozanati turg’un bo’ladi. Bu holatda sirt tamonidan yuzaga kelgan reaksiya kuchi jismning ogirlik kuchini to’la muvozanatlaydi.Shunigdek, og’irlik markazidan o’tgan vertikal chiziq (og’irlik kuchining ta’sir chizig’i ) tayanch yuzasining markazidan o’tganligi rasmda ko’rinib turibdi.



    1. rasm




Download 399.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling