Statistik dasturiy paketlar yordamida asosiy xarakteristikalarni xisoblash
Statistikada jamlash: turlari va mohiyati
Download 30.25 Kb.
|
Statistik dasturiy paketlar yordamida asosiy xarakteristikalarni xisoblash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kuzatish tadqiqotlarda
2.4. Statistikada jamlash: turlari va mohiyati
Statistik jamlash (svodkalash) deganda har kuni radio va televizorda beriladigan informatsiyani tushunmaslik kerak. Yuqorida ta’kidlaganimizdek informatsiya ma’lum bir ishning bajarilishi to’g’risidagi operativ ma’lumotdir. Statistik jamlash deganda to’plangan ma’lumotlarni ilmiy tekshirishdan ko’zlangan maqsad va vazifalar nuqtai-nazaridan qayta ishlash tushuniladi. Qoida tariqasida, ma’lumotlarni uch xil yo’l bilan olishingiz mumkin:2 1. Chop etilgan manbalardan; 2. Ishlab chiqilganeksperimentdan; 3.Kuzatish tadqiqotlardan (masalan, so’rovdan). Ba’zan ma’lumotlar to’plami Siz uchun allaqachon to’plangan vachop etilgan manbalarda, masalan, kitob, jurnal yoki gazetalarda mavjud. Misol uchun, Siz 50 shtatda ajralishlar to’g’risida ma’lumotlari(ya’ni, 1000 aholi boshiga ajralishlar soni)ni o’rganmoqchisiz va umumlashtirmoqchisiz. Siz bu ma’lumotlar majmuini AQSh hukumati tomonidan har yili chop etiladigan AQShningStatistik sharxidan (shuningdek boshqa ko’plab ma’lumotlar majmuasini) topasiz. Xuddi shunday, yangi uy-joy qurish uchun oylik ipoteka arizalar bilan kimdir qiziqsa bu ma’lumotlar majmuini hukumatning boshqa nashri hisoblanadigan Joriy biznes sharxidan topadi. Chop etilgan ma’lumot manbalarining boshqa misollari The Wall Street Journal (moliyaviy ma’lumotlar) va Sport yangiliklari (sport axborotlari)larni o’z ichiga oladi. Hozirgi vaqtda Internet (Umumjahon to’qilma) chop etilgan manbalardan ma’lumotlarni olish uchun oson bo’lgan vositalasini taqdim etadi Ma’lumotlarni yig’ishning ikkinchi usuli ishlab chiqilgan eksperimentni o’tkazishni nazarda tutadi, bunda tadqiqotchi olib boriladigan izlanishlarda birliklar (odamlar, ob’ektlar yoki buyumlar) ustidan qattiq nazorat o’rnatadi. Masalan, tibbiy tadqiqotlar yurak xuruji oldini olish uchun aspirin salohiyatini o’rganganildi deb ko’pincha keltirmoqdalar. Ko’ngilli shifokorlar ikki guruhga bo’lingan edi: davolash guruhiga va nazorat guruhiga. Davolash guruhida har bir shifokor bir yil davomida bir kunda aspirinni, nazorat guruhida har bir shifokor aspiringa o’xshash bo’lgan aspirin platsebosini qabul qilgan. Tadqiqotchilar – tadqiqotdagi shifokorlar emas – kim aspirinni (tibbiyot) kim esa aspirin platsebosini qabul qilganligini nazorat qilib borgan. Siz bilasizki, to’g’ri ishlab chiqilgan eksperiment nazoratga olinmagan tadqiqotda nisbatan ma’lumotlardan ko’proq axborotni olish uchun imkon beradi. Nihoyat, ma’lumotlarni yig’ish uchun kuzatish tadqiqotlardan foydalanish mumkin. Kuzatish tadqiqotlarda, tadqiqotchi o’z tabiiy muhitda eksperimental birliklarni kuzatadi va uni qiziqtirayotgan o’zgaruvchilarni yozadi. 1 2 Download 30.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling