Statistik dasturiy paketlar yordamida asosiy xarakteristikalarni xisoblash
Download 30.25 Kb.
|
Statistik dasturiy paketlar yordamida asosiy xarakteristikalarni xisoblash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kuzatish formulyari
- Kuzatish organi
Kuzatish birligi – bu hisob asosi yoki kuzatishda qayd qilish belgisiga ega bo’lgan birlikdir. Kuzatish birligi bo’lib, aholi ro’yxatida har bir shaxs, korxonalar ro’yxatida har bir korxona hisoblanadi.
Kuzatish birligi bilan to’plam birligini almashtirmasligimiz kerak.Ular ayrim vaqtda bir-biriga teng.Masalan, aholi ro’yxatida har bir shaxs, ham kuzatish birligi, ham to’plam birligi hisoblanadi.Ayrim paytda, ular o’zaro teng emas. Masalan, sanoat korxonalarida jihozlar ro’yxatga olinganda sanoat korxonasi kuzatish birligi, har bir jihoz esa to’plam birligi bo’lib hisoblanadi. Kuzatish formulyari – bu berilgan savollarga olingan javoblar to’ldirilgan hujjat. U ikki xil bo’ladi: a) alohida shakldagi formulyar. Unga tijorat korxonasining yillik hisobotini misol keltirish mumkin. b) ro’yxat shaklidagi formulyar. Unda bitta emas, balki bir nechta hisob birliklari haqida ma’lumot keltiriladi. Yo’riqnoma-bu statistik kuzatish dasturidagi barcha savollarga to’g’ri, aniq va bir xilda javob qaytarishni ta’minlaydigan ko’rsatmalar, tushuntirish va talqinlar to’plami. Yo’riqnomada har savol va unga beriladigan javob turli variantlarda talqin qilinadi. Savollar bo’lmasa ma’lumotlarni qaerdan va kimdan olish, kuzatish ob’ekti va birligi, kuzatish muddati, kuzatish materiallarini rasmiylashtirish tartibi, topshirish va jo’natish muddati, ko’rsatkichlarni hisoblashni yagona texnologiyasi va boshqa masalalar batafsil yoritiladi. S Kuzatish organi - bu har qanday statistik kuzatishni bevosita tashkil qiladigan va o’tkazadigan tashkilotdir. tatistik kuzatishning tashkiliy masalalari quyidagilarni o’z ichiga oladi: kuzatish organi; kuzatish vaqti va muddati; kuzatish joyi; boshqa tashkiliy masalalar. Aholi ro’yxatini o’tkazishda, sobiq ittifoq paytida, faqatgina Markaziy statistika boshqarmasi (MSB) kuzatish organi bo’lib hisoblanardi. Kuzatish organi bo’lish uchun (kuzatish o’tkazishdan oldin, kuzatish paytida va undan keyin) juda katta javobgarlikni bo’yniga ola oladigan va shu ishni kami-ko’stsiz bajarishga qurbi etadigan tashkilot bo’lishi kerak. Bu javobgarlik o’ta muhim va boshqalardan farq qiladi. Masalan, aholi ro’yxatini o’tkazish organi bo’lgan tashkilot ishiga shu mamlakatning xalqi, hukumati va bir qancha nufuzli xalqaro tashkilotlar baho beradi. Download 30.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling