Statistik jamlash va guruhlash


-mavzu. Statistik jadvallar va grafiklar


Download 42.37 Kb.
bet5/7
Sana14.03.2023
Hajmi42.37 Kb.
#1268286
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
statistik jadvallar mohiyati va ahamiyati 2

4-mavzu. Statistik jadvallar va grafiklar 
Reja:
4.1. Statistik jadvallarning mohiyati va ahamiyati.
4.2. Statistik jadvallarning turlari.
4.3. Statistik jadvallarni tuzish qoidalari.
4.4. Statistik jadvallarni o’qish va tahlil qilish.
4.5. Statistik ko’rsatkichlarni grafiklarda tasvirlashning ahamiyati.
4.6. Statistik jadvallar va grafiklardan amaliyotda foydalanish.
4.7. Statistik ma’lumotlarni tahlil qilishda statistik jadvallar va statistik grafiklardan
kompleks foydalanish va uning ahamiyati.

Statistik ma’lumotlarni shunday taqdim etish kerakki, ulardan foydalanish qulay bo’lsin,


ularni o’qish va tushunish oson bo’lsin. Ularni taqdim etishning eng kamida 3 ta usuli mavjud:
matnda so’z bilan bayon etish, jadval zuhurida va grafiklar orqali tasvirlash.

Ma’lumotlarni so’z bilan matnda bayon etish ko’rinishda yaxshi yo’lga o’xshab tuyulsa


ham, ammo sub’ektning mahoratiga, ma’lumotlarni talqin qilishdagi o’ziga xoslikka bog’li
q.
Bundan tashqari, bu holda ularni har taraflama tushunish, bog’lanishlarini payqash birmun
cha
og’irlashadi.
4.1. Statistik jadvallarning mohiyati va ahamiyati.. 

Statistik axborotlarni jadvalda ifodalash so’z bilan bayon


etishga qaraganda o’rganilayotgan voqealarni ravshan va jozibali qilib
tasvirlaydi.
Statistikadagi jadvallar logarifmlik, karra va boshqa jadvallardan

tubdan farq qiladi. Ular ijtimoiy - iqtisodiy hayotimiz,


turmushimizning turli tomonlarini ta’riflovchi ko’rsatkichlarni yaqqol
va ixcham shaklda, o’zaro bog’lanishda ifodalab, umumiy va o’ziga xos xususiyatlarini
oydinlashtiradi.

Jadvallar yotiq va tik to’g’ri chiziqlar kesilmalaridan tuzilgan geometrik shakl


bo’lib, qator va ustunlardan tarkib topadi. Ularda o’rganilayotgan ob’ektlar va ularning
ko’rsatkichlari joylashtiriladi. Har bir qator va ustun o’z nomiga, jadval esa umumiy
sarlavhalarga ega bo’lib, bular jadvalning asosiy unsurlari hisoblanadi.

Agarda jadval qatorlari va ustunlari o’z nomlariga hamda umumiy sarlavhaga ega bo’lib,


sonlar bilan to’ldirilmagan bo’lsa, u jadval maketi deb ataladi. Har bir jadval qisqa, aniq 
va
tushunarli, shu bilan birga ma’lumotlar ma’nosini oydinlashtiradigan sarlavhaga ega bo’lis
hi
kerak.

Umumiy sarlavhada jadvalda joylashgan sonlarning asosiy ma’nosi ifodalangan bo’lishi


va shuningdek, qaysi hudud, qaysi davrga nisbatan olinganligi ko’rsatilgan bo’lishi, shuningdek,
o’lchov birligi ham berilgan bo’lishi lozim.

Statistik jadval chuqur ma’noga ega bo’lib, ijtimoiy voqea va hodisalarni ifodalashi


bo’yicha uni o’ziga xos mantiqiy gapga o’xshatish mumkin. SHuning uchun har bir statis
tik
jadvalning egasi va kesimi mavjuddir. Har xil ko’rsatkichlar orqali ta’riflanayotgan statisti
k
to’plam jadvalning egasi, ko’rsatkichlar esa jadvalning kesimi hisoblanadi. Jadvalning egas
i,
odatda, jadvalning chap qismida, kesimi esa o’ng tomonida bo’ladi. Lekin ular aksincha
joylanishi ham mumkin (jadval 4.1 ga qaralsin).

Download 42.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling