4-mavzu. Statistik jadvallar va grafiklar
Reja:
4.1. Statistik jadvallarning mohiyati va ahamiyati.
4.2. Statistik jadvallarning turlari.
4.3. Statistik jadvallarni tuzish qoidalari.
4.4. Statistik jadvallarni o’qish va tahlil qilish.
4.5. Statistik ko’rsatkichlarni grafiklarda tasvirlashning ahamiyati.
4.6. Statistik jadvallar va grafiklardan amaliyotda foydalanish.
4.7. Statistik ma’lumotlarni tahlil qilishda statistik jadvallar va statistik grafiklardan
kompleks foydalanish va uning ahamiyati.
Statistik ma’lumotlarni shunday taqdim etish kerakki, ulardan foydalanish qulay bo’lsin,
ularni o’qish va tushunish oson bo’lsin. Ularni taqdim etishning eng kamida 3 ta usuli mavjud:
matnda so’z bilan bayon etish, jadval zuhurida va grafiklar orqali tasvirlash.
Ma’lumotlarni so’z bilan matnda bayon etish ko’rinishda yaxshi yo’lga o’xshab tuyulsa
ham, ammo sub’ektning mahoratiga, ma’lumotlarni talqin qilishdagi o’ziga xoslikka bog’li
q.
Bundan tashqari, bu holda ularni har taraflama tushunish, bog’lanishlarini payqash birmun
cha
og’irlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |