Statistik jamlash va guruhlash
Statistik jadvallarning mohiyati va ahamiyati
Download 33.3 Kb.
|
Statistik
4.1. Statistik jadvallarning mohiyati va ahamiyati..
Statistik axborotlarni jadvalda ifodalash so’z bilan bayon etishga qaraganda o’rganilayotgan voqealarni ravshan va jozibali qilib tasvirlaydi. Statistikadagi jadvallar logarifmlik, karra va boshqa jadvallardan tubdan farq qiladi. Ular ijtimoiy - iqtisodiy hayotimiz, turmushimizning turli tomonlarini ta’riflovchi ko’rsatkichlarni yaqqol va ixcham shaklda, o’zaro bog’lanishda ifodalab, umumiy va o’ziga xos xususiyatlarini oydinlashtiradi. Jadvallar yotiq va tik to’g’ri chiziqlar kesilmalaridan tuzilgan geometrik shakl bo’lib, qator va ustunlardan tarkib topadi. Ularda o’rganilayotgan ob’ektlar va ularning ko’rsatkichlari joylashtiriladi. Har bir qator va ustun o’z nomiga, jadval esa umumiy sarlavhalarga ega bo’lib, bular jadvalning asosiy unsurlari hisoblanadi. Agarda jadval qatorlari va ustunlari o’z nomlariga hamda umumiy sarlavhaga ega bo’lib, sonlar bilan to’ldirilmagan bo’lsa, u jadval maketi deb ataladi. Har bir jadval qisqa, aniq va tushunarli, shu bilan birga ma’lumotlar ma’nosini oydinlashtiradigan sarlavhaga ega bo’lis hi kerak. Umumiy sarlavhada jadvalda joylashgan sonlarning asosiy ma’nosi ifodalangan bo’lishi va shuningdek, qaysi hudud, qaysi davrga nisbatan olinganligi ko’rsatilgan bo’lishi, shuningdek, o’lchov birligi ham berilgan bo’lishi lozim. Statistik jadval chuqur ma’noga ega bo’lib, ijtimoiy voqea va hodisalarni ifodalashi bo’yicha uni o’ziga xos mantiqiy gapga o’xshatish mumkin. SHuning uchun har bir statis tik jadvalning egasi va kesimi mavjuddir. Har xil ko’rsatkichlar orqali ta’riflanayotgan statisti k to’plam jadvalning egasi, ko’rsatkichlar esa jadvalning kesimi hisoblanadi. Jadvalning egas i, odatda, jadvalning chap qismida, kesimi esa o’ng tomonida bo’ladi. Lekin ular aksincha joylanishi ham mumkin (jadval 4.1 ga qaralsin). Download 33.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling