Statistik jamlash va guruhlash


 Jadval turlari va tuzish qoidalari


Download 33.3 Kb.
bet8/9
Sana08.01.2022
Hajmi33.3 Kb.
#249681
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Statistik

4.2. Jadval turlari va tuzish qoidalari.   
   
Iqtisodiy  izlanishlarda  statistik  jadvallarning  har  xil  turlari  qo’llaniladi.  Eganing   
tuzilishiga qarab statistik jadvallar uch turga bo’linadi: oddiy, gruppaviy va kombinatsion.   
   
Oddiy jadval deb o’rganilayotgan ob’ektlar va ularning ko’rsatkichlari birma-bir ro’yhat   
ko’rinishida yozilgan jadvalga aytiladi.   
    Jadval   
statistik   
ma’lumotlarni   
yaqqol,   
ixcham  va  umumlash-  
tirib taqdim etish usulidir   
 
Oddiy statistik jadvalning egasida statistik kuzatishga jalb qilingan ob’ektlarning nomlari   
yoki  ma’lumotlar  tegishli  davrlar  yozilgan  bo’ladi.  Jadval  4.1  bunga  misol  bo’la  oladi.  Bu
   
jadvalda yillar berilgan ustunlar ega bo’lib, ko’rsatkichlar keltirilgan qatorlar kesimdir.   
   
Jadvalning  ega  qismida  o’rganilayotgan  ob’ektning  muhim  bir  belgisi  bo’yicha   
gruppalash  amalga  oshirilgan  bo’lsa,  bunday  jadval  gruppaviy  jadval  deyiladi  (5.5  jadvalg

a   
qaralsin).   


   
Gruppaviy  jadval  deganda  o’rganilayotgan  ob’ektlarni  bir  belgi  asosida  guruhlash   
natijalarini ifodalaydigan jadval nazarda tutiladi.   
Ayrim  paytlarda  voqea  va  hodisalarni  bir  belgisi  bo’yicha  guruhlaganda  ularni  to’liq   
o’rganishning  iloji  bo’lmaydi.  Bunday  paytda  voqea  va  hodisalar  ikki  va  undan  ortiq  belg
isi   
asosida guruhlarga ajratilib o’rganiladi. Buning uchun, avval o’rganilayotgan hodisa to’plami bir
   
belgisi  bo’yicha,  keyin  har  qaysi  guruh  boshqa  belgi  bo’yicha  ichik  guruhchalarga  ajratila
di.   
Bunday  guruhlash  natijalari  asosida  kombinatsion  jadvalar  tuziladi.  Ular  oddiy  jadvallarga   
qaraganda  voqea  va  hodisalarning  o’zaro  aloqasi  va  bog’lanishlarini  chuqurroq  va  to’la   
yoritishga yordam beradi.(6.7 jadvalga qaralsin)   
Kombinatsion jadval – bu ega qismida ob’ektlarni ikkita va undan ortiq belgilari asosida   
guruhlash natijalarini aks ettiradigan jadvaldir   
   
Voqea va hodisalarni o’rganish  jarayonida  va qo’yilgan  vazifalarga qarab ega  va kesim   
o’z o’rinlarini almashtirib turishi  mumkin. Statistik  jadval   ixcham  va ko’rimli chiqishi uchun,   
uni tuzishda quyidagi qoida va tartiblarga amal qilish kerak:   
    
1.  Jadvallar  hajmi  katta  bo’lmasligi  kerak.  Murakkab  to’plamlarni  o’rganishda  jadval   
hajmini kengaytirmasdan, yaxshisi ikki va undan ortiq o’zaro bog’langan jadvallar tuzish kerak.   
Jadvallar aniq, tushunarli va o’qishga oson ko’rinishda tuzilishi kerak.   
   
2.  Jadvalning  umumiy  nomi  undagi  ega  va  kesimlar  mazmunini  ifodalashi  lozim,  uni   
qisqartirib yozish mumkin emas.   
3.   
Jadvalda  bir-biri  bilan  bog’liq  ko’rsatkichlar  birin-ketin,  sodddan  murakkabga  o’sib   
borish tartibida joylashtirilishi lozim.   
4.   
Jadvaldagi ma’lumotlar mazmunini anglash oson bo’lishi uchun ularni bir xil aniqlik   
darajasi bilan butunlashtirib, kattaroq sonlar orqali ifodalash lozim.   
5.   
SHartli belgilashlarga katta e’tibor berish kerak. Zarur bo’lganda ayrim ko’rsatkichlar   
yoniga yulduzcha yoki raqamlar qo’yilib, ularni qaerdan yoki qanday hisoblab olinganligi ilova   
tarzida berilishi kerak.   
6.   
Hodisa  sodir  bo’lganligi  to’g’risida  ma’lumotlar  bo’lmasa,  jadvalda  shu  ko’rsatkich   
o’rniga  “ma’lumot  yo’q”  yoki  nuqtalar  (...)  qo’yiladi,  agarda  hodisa  umuman  sodir  bo’lma
gan   
bo’lsa,  tire  (-
)  belgisi  bilan  ifodalanadi.  Jadvallarni  tuzish  texnikasi  yaxshi  egallansa,  ularni   
o’qish va tushunish ishi ancha osonlashadi.   

Download 33.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling