Statistik kuzatish uslubiyati
Statistik kuzatish turlari
Download 320.05 Kb.
|
statistika oraliq 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uzluksiz kuzatishda
- Fursatli davriy kuzatish
- Bir yo‘la kuzatish
- Anketa orqali kuzatish
2.4. Statistik kuzatish turlari
Qanday qilib? degan savol statistik kuzatish usullari va turlarini aniq belgilashni talab qiladi. Hodisalarni qayd qilish vaqti, boshlang‘ich ma’lumotlarni olish usuli, kuzatish birliklarini o‘z ichiga qamrab olishi va tashkiliy jihatdan statistik kuzatish quyidagi turlarga bo‘linadi (2.5- tarh). Tashkiliy va moliyalashtirish jihatidan statistik kuzatishlarni to‘rtta turga bo‘lish mumkin: 1) statistik hisobot; 2) maxsus doimiy tekshirishlar; 3) ro‘yxatlar; 4) biznes tekshirishlar. Ular keyingi ma’ruzada yoritiladi. Voqealar sodir bo‘lishini qayd qilish vaqtiga qarab statistik kuzatish uch turga ajraladi: 1) uzluksiz (joriy) kuzatish; 2) fursatli kuzatish; 3) bir yo‘la kuzatish. Uzluksiz kuzatish-bu voqea ro‘y berishi bilanoq uni qayd qilish (hisobga olish)dir. Uzluksiz kuzatishda voqea (hodisa) sodir bo‘lishi bilanoq, ya’ni o‘sha damning o‘zida qayd qilinadi. Masalan, tug‘ilish, o‘lish, nikohdan o‘tish va ajralishlarni fuqarolik holatini qayd qilish organlarida va qishloq yig‘inlarida qayd qilish, yaratilgan mahsulotlarni boshlang‘ich hujjatlarda hisobga olish, ishchi va xodimlarning ishga chiqishini tabel hisobida qayd qilish va h.k. 2.5-tarh. Statistik kuzatish turlari Fursatli davriy kuzatish - bu voqea sodir bo‘lgandan so‘ng ma’lum muddat o‘tganda uni qayd qilib tekshirishlarni teng vaqt oralig‘ida takrorlab turish Fursatli davriy kuzatish deganda voqea sodir bo‘lgandan so‘ng ma’lum vaqt o‘tganda uni qayd qilish va kuzatishlarni teng vaqt oralig‘ida takrorlab turish tushuniladi. Masalan, har o‘n yilda aholi ro‘yxatini o‘tkazish, talabalar o‘zlashtirish darajasini har yarim yilda reyting ballari orqali baholash. Bir yo‘la kuzatish -bu hodisani har zamonda, ehtiyoj tug‘ilishiga qarab kuzatish. Bir yo‘la kuzatish deganda qandaydir masalani yechish zaruriyati tug‘ilganda turli muddat oralig‘ida qaytarib turiladigan kuzatish nazarda tutiladi. Bunga misol qilib uy-joy fondi ro‘yxati, ko‘p yillik mevali daraxtlar ro‘yxati, tabiiy ofat natijasida ko‘rilgan zararlarni baholash ishlarini ko‘rsatish mumkin. O‘rganilayotgan to‘plam birliklarini o‘z ichiga qamrab olishiga qarab, statistik kuzatish yoppasiga kuzatish va qisman kuzatishga ajraladi. Yoppasiga kuzatish - bu to‘plamning hamma birliklari haqida ma’lumot to‘plash. Yoppasiga kuzatishda to‘plam barcha birliklari haqidagi zaruriy ma’lumotlar to‘planadi. Statistik hisobot shu tarzda tashkil etiladi. Uni barcha ho‘jalik yurituvchi subyektlar tuzadi va statistika tashkilotlariga taqdim etadi. Aholi ro‘yxati, ekin maydonlarining yakuniy hisobi, chorva ro‘yxatlari ham yoppasiga kuzatishga misol bo‘la oladi. Yoppasiga kuzatish, ayniqsa, aholi ro‘yxati va boshqa ro‘yxatlar mamlakatning bir vaqtda barcha hududlarida barcha qisqa muddatda amalga oshiriladi. Shuning uchun ularning dasturi sodda va ixcham kuch va mablag‘larni talab qiladi. Qisman kuzatish - bu mavjud kata to‘plamdan bir qism birliklarni olib, ular haqida ma’lumotlar to‘plash. Qisman kuzatishda asosiy uslubiy masala umumiy to‘plam birliklari ichidan kuzatish uchun bir qismini to‘g‘ri olishdan iborat. Bu kichik to‘plam shunday shakllantirilishi kerakki, butun umumiy to‘plam birliklari orasidagi o‘zaro munosabatlar yuqori darajali aniqlik bilan kuzatish uchun olingan birliklarda ham o‘z ifodasini topsin. Shunday sharoitdagina qisman tekshirish natijalari asosida umumiy to‘plam haqida fikr yuritish, xulosa chiqarish imkoniyati (ehtimoli) tug‘iladi. Statistikada qisman kuzatishning quyidagi turlari mavjud: a) anketa (savolnoma) orqali kuzatish; b) asosiy massivni kuzatish; v) monografik tasvirlash; g) tanlama kuzatish. Anketa orqali kuzatish - bu to‘ldirilishi ixtiyoriy bo‘lgan savolnoma tuzib, kuzatiluvchi subyektlarga tarqatish yo‘li bilan ma’lumotlar to‘plash. Anketa orqali kuzatishning mohiyati shundaki, unda tegishli savollar yozilgan varaqalar javob yozib yuborishni iltimos qilib respodentlar orasida tarqatiladi. Ammo varaqlarni to‘ldirish ixtiyoriy bo‘lgani uchun odatda tarqatilgan anketalarni faqat bir qismi javobi bilan qayta olinadi. Natijada qisman kuzatishga ega bo‘lamiz. Asosiy massivni kuzatish - bu to‘plamda asosiy o‘rinni egallagan birliklar haqidagina ma’lumotlar to‘plash, qolganlarini esa e’tiborga olmaslik. Qisman kuzatish turlaridan yana biri asosiy massivni tekshirish deb ataladi. Uning xususiyati shundaki, kuzatish uchun o‘rganilayotgan belgining umumiy hajmida eng salmoqli o‘rin tutgan to‘plamning asosiy qismi ajratib olinadi, boshqalari esa kam salmoqqa ega bo‘lganligi sababli tashlab yuboriladi, chunki, ular tekshirish natijasiga sezilarli ta’sir etmaydi.. Monografik tasvirlash - bu tipik hodisalarni har taraflama ta’riflovchi ma’lumotlarni to‘plash. Download 320.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling