Statistik ma’lumotlarni taqdim etish usullari


Asosiy tushunchalar va atamalar


Download 1.16 Mb.
bet9/10
Sana20.12.2022
Hajmi1.16 Mb.
#1036584
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
statistik ko\'rsatgichlar, ijtimoiy iqtisodiy hodisalarnin o\'rganish quroli

Asosiy tushunchalar va atamalar

Statistik jadval, jadval egasi va kesimi, jadval oddiy, jadval guruhiy, jadval kombinatsion, statistik grafiklar, masshtab va shkala, diagramma ustun va tasma shaklli, diagramma siniq chiziqli, diagramma buramali(speralli), diagramma sektorli, diagramma yuzali, diagramma qiyofali, xaritogramma, xaritodiogramma va markazgramma.




Qisqacha xulosalar.

1. Statistik ma’lumotlar jonsiz sonlar ustuni va qatorlari bo‘lib, ularning orqasida yashirinib yotgan hodisalarni bilish, ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni anglash va rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash ma’lumotlardan foydalanuvchi shaxslarning ularni o‘qiy olish, sonlar tilini bilish qobiliyatiga bog‘liq. Statistikaning vazifasi esa ularga barcha qulay sharoitlarni tug‘dirib ko‘maklashishdan iborat. Bu jarayonda uning zimmasiga tushadigan yukni tovar bozorida faoliyat qilayotgan savdogarning vazifasiga qiyoslash mumkin. Bozorda o‘z molini xaridorgir qilib ko‘rsatish maqsadida sotuvchi uni to‘la ma’noda tovar qilib e’tirof etishga, ya’ni barcha oliy omonlarini ko‘rsatishga intilganidek, statistik ham o‘z faoliyatining mahsuli bo‘lmish ma’lumotlarni yaqqol, ko‘rkam, jozibali qilib, barcha mantiqiy-mazmuniy tomonlarini oydinlashtirib taqdim etishi kerak. Shu maqsad uchun statistik ma’lumotlarni jadvallar shaklida ifodalash va grafikda tasvirlash xizmat qiladi.



  1. Jadvallar statistik ma’lumotlarni ixcham shaklda, o‘ziga xos xususiyat va bog‘lanishlarni yaqqol qilib taqdim etish imkoniyatini bersa, statistik grafiklar ularni ko‘rkam, jozibali, o‘ziga tortuvchan,o‘zaro nisbatlari, o‘xshashlik va farqlarini ko‘zga ilinarli qilib tasvirlaydi. Natijada son tilini bilish, ularni o‘qish va talqin etish osonlashadi.

  2. Jadval va grafiklarni tuzish san’atdir, ammo samarali ilmiy vosita sifatida ular xizmat qilishi uchun bu san’atdan to‘g‘ri foydalana bilish lozim. Sonlar bilan ishlashni bilmaydigan shaxslarga ular, qanchalik yaxshi ishlov berilgan bo‘lmasin, juda oz ma’no kasb etadi yoki butunlay hech narsani anglatmasligi mumkin. Statistik raqamlar bilan birinchi to‘qnashishdayoq, ular sarosimaga tushib qoladi. Agarda buning ustiga biror kimsa tezroq uqdirish maqsadida bu sonlarni hadeb qayta -qayta eslatib turadigan bo‘lsa, parokandalik vaziyati yanada kuchayadi. Bunday holatlarda odam jadvalning ma’lum qismigagina e’tibor qilishga moyil bo‘ladi, undan biror ma’no chiqarishga intiladi, ammo bu holda urg‘u belgisini noo‘rin qo‘yish xavf-xatari ortadi. Umumlashtirilmagan xomaki ma’lumotlarga duch kelgan odamzod kayfiyatini bepoyon chakalakzor o‘rmonda kompassiz adashib qolgan kishining holati bilan qiyoslash mumkin. Xo‘sh, bu holatdan qanday chiqish kerak? Qaysi tomon sharqu, qaysi tomon g‘arb? Barglar orasidan taralayotgan yorug‘lik nuriga qarab yo‘l tutsa, u o‘rmondan tashqariga olib chiqishi yoki aksincha uning yanada qalin chakalakzor zulmatiga olib borishi mumkin.

Shuning uchun ma’lumotlar mohiyatini anglash, bilish jarayonini yengillashtirish uchun ularni sodda va asl ma’nosida taqdim etish kerak. Demak, jadvallarni tuzayotganda ma’lumotlarning tabiatiga e’tibor berish zarur va yana shuni ham hisobga olish kerakki, ayrim ma’lumotlar birmuncha oson yo‘l bilan umumlashtirilsa va soddalashtirilsa boshqalari esa, aksincha ancha-muncha qiyinchilik tug‘diradi. Masalan, korporatsiya rahbarlari moliyaviy barqarorlik haqida darak olish bilanoq, ularda qaysi bo‘lim qanday ko‘rsatkich bilan faoliyat qilayotganini bilish ishtiyoqi paydo bo‘ladi. Shu sababli moliyaviy natijalar haqidagi jadvalda har qaysi bo‘lim bo‘yicha foyda yoki zarar hajmini ko‘rsatish va ularni mahsulot turlari bo‘yicha taqsimlash yetarlidir. Ammo bunday jadvalni ortiqcha ma’lumotlar bilan to‘ldirib yuborish mumkin emas, jumladan foyda keltirgan bo‘limlar haqida qo‘shimcha buning sabablarini yorituvchi ma’lumotlar berish noo‘rindir, chunki ularga boshliqlar muhtoj emas. Qanchalik jadvallar sodda shaklda tuzilsa, shunchalik ulardagi ma’lumotlarni talqin etish oson bo‘ladi.
Ammo bunday soddalashtirish me’yorda bo‘lishi kerak, bu esa jadval va grafiklar tuzish qoida-tartiblarida belgilanadi.
4. Statistik ma’lumotlarni tasvirlovchi diagramma va chizmalarga nazar tashlash, ular ustida fikrlashga qaraganda nafaqat oson va qulay, balki shu bilan birga tafsilotlarni yozma yoki og‘zaki bayon qilishga nisbatan ko‘proq taassurot qoldiradi. Kuzatuvchi o‘zining ko‘rib sezish qobiliyatidan foydalanib shakllardagi, tashqi qiyofadagi va jismoniy kattaliklardagi o‘xshashlik va farqlarni tezroq ilg‘ab oladi, ikir-chikirlaridan esa chetlanadi. Ammo diagramma va tasvirlar yordamida statistik ma’lumotlarni soddalashtirish va yuzakilashtirishning ma’lum chegarasi (optimal me’yori) mavjud. Bu me’yor grafiklarda ifodalangan tasviriy mutanosibliklar haqiqatda ma’lumotlarda kuzatiladigan nisbatlar va xususiyatlarga qanchalik mos kelishi bilan belgilanadi. Undan oshirib yuborish muayyan tasviriy vositalarini suiiste’mol qilish ya’ni ulardan yomon niyatda foydalanish hisoblanadi. Nazar tashlash, ko‘rish odamzod idrokini chalg‘itishi, noto‘g‘ri fikrga olib kelishi mumkin.

A

B

C





X

Y

Z

C


D

B

A



E

D

4.1-chizma. 4.2-chizma. 4.3-chizma.


4.1-chizmada XYZ chizig‘ida qaysi kesim XY yoki YZ uzun? Ko‘rinishda XY kesimi uzunroqqa o‘xshaydi, aslida esa ikkala kesim tengdir. 4.2-chizmada AE chizig‘i EB chizig‘iga qaraganda uzunroqqa o‘xshaydi, aslida ular teng. 4.3-chizmada CD tik chiziq yotiq AB chizig‘idan uzunroq ko‘rinadi, haqiqatda esa ular teng. Hurmatli o‘quvchilarimiz chizg‘ich bilan o‘lchab tekshirib ko‘radilar degan umiddamiz. Bevosita birgina diagramma va tasvirlarning o‘zi ko‘zning aldanishiga, chalg‘ishiga sabab bo‘libgina qolmasdan, ularga yuzaki nazar tashlash, sinchiklab qaramaslik ham bunday soxta tassurotga sabab bo‘ladi. Aniq ma’lumotlarga ega bo‘lmasdan puch hayollarga berilib, xomaki fikrlarning tasdiqini diagramma va tasvirlar orqali yuzaga chiqarish uchun intilish aslo noto‘g‘ri harakatdir. Bunday ojizlik odamzod tabiatida uchrab turadigan nuqsonlardan biri bo‘lib, diagramma va tasvirlar tuzish qoidalari esa ularning oldini olish uchun samarali chora hisoblanadi.





Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling