Statistik ma’lumotlarni taqdim etish usullari
Download 1.18 Mb.
|
1407761360 58518
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.7. Kvadrat va doira shakldagi diagrammalar
- O‘zbekistonda fermer ho‘jaliklarining rivojlanishi
- 4.8. Tasvirli (suratli) diagrammalar
- O‘zbekiston temir yo‘lida yuk aylanmasining dinamikasi
Bu ma’lumotlarni sektorli diagramma shaklida tasvirlash uchun 2 ta teng radiusli doiralar chizib, har birini tegishli yil ma’lumotlariga mos ravishda sektorlarga bo‘lamiz. Buning uchun tarmoqlar salmog‘i haqidagi ko‘rsatkichlarni 3,60 ga ko‘paytirib, sektorlarning markaziy burchaklarini aniqlaymiz. Keyin esa har bir tarmoq uchun sektorni transportir yordamida tegishli yil doirasida belgilaymiz. (4.8-grafik). Sektorli diagrammalar qiyosiy jihatdan jozibali bo‘lishi uchun doiralarni bir-biridan teng olislikda joylash, ularning markazlarini bir to‘g‘ri chiziqda ifodalash va shu chiziqdan yo‘nalgan holda tarmoqlarning (qismlarning) jiddiy ketma-ketligini ta’minlab, tegishli markaziy burchaklarni belgilash hamda sektorlarni har xil ranglarga bo‘yash yoki shtrixlash lozim.
4.8-grafik. 1999-2000 yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotida o‘zlashtirilgan chet el investitsiya va kreditlarining tarmoqlar bo‘yicha taqsimoti. 4.7. Kvadrat va doira shakldagi diagrammalar Bu diagrammalar yassi diagrammalar turkumiga kiradi va qator kvadrat yoki doiralardan iborat bo‘lib, ularning har biri o‘z maydoni bilan tasvirlanuvchi hodisa miqdorini ifodalaydi. Bunday diagrammalar dinamika qatorlarini tasvirlash va bir vaqt (davr) ga tegishli miqdorlarni solishtirish maqsadida tuziladi. Kvadrat shaklli diagrammalarni tuzish uchun tasvirlanuvchi miqdorlarni kvadrat ildizlardan chiqariladi va so‘ngra tomonlari olingan natijalarga proporsional qilib kvadratlar chiziladi. Doira shaklli diagrammalar ham shu tartibda tuziladi. Ammo bu holda radiuslari tasvirlanuvchi miqdorlarni kvadrat ildizlardan chiqarish natijasida olingan miqdorlarga proporsional bo‘lgan doiralar chiziladi. Quyidagi ma’lumotlarni kvadrat va doirali diagramma shaklida tasvirlaylik. 4.5-jadval O‘zbekistonda fermer ho‘jaliklarining rivojlanishi
Umumiy maydon haqidagi ma’lumotlarni kvadrat ildizdan chiqarib quyidagi natijalarga ega bo‘lamiz: Masshtab qilib 1 sm ni 4 deb olsak, u holda tomonlari 1,68 sm; 3,48sm; 5,08 sm va 6,45 sm ga teng kvadratlar chizamiz (4.9-grafik). 666.0
413 193 45 1994 1996 1998 2000 4.9-grafik. O‘zbekistonda fermer ho‘jaliklariga biriktirilgan yer maydonining o‘sishi. O‘rtacha bir fermer xo‘jaligi yer maydoni haqidagi ma’lumotlarni kvadrat ildizdan chiqarsak: Masshtab qilib 1 sm:2 olsak, u holda radiusini 1,38 sm; 1,85 sm; 2,20 sm va 2,32 sm qilib doiralar chizamiz (4.10-grafik). 1994 1996 1998 2000 4.10-grafik. O‘zbekistonda o‘rtacha 1 fermerga biriktirilgan maydonning o‘sishi.
4.6-jadval O‘zbekiston temir yo‘lida yuk aylanmasining dinamikasi
|
ma'muriyatiga murojaat qiling