Stаtistikа. 1 Topshiriq n/5
Download 35.09 Kb.
|
TOPSHIRIQ statis
Stаtistikа. 1 TOPSHIRIQ N/5 5. Stаtistik kuzаtishning tаshkiliy mаsаlаlаri 2 TOPSHIRIQ N/5 5. Kоrrеlyatsiоn tаhlil аsоslаri. Juft kоrrеlyatsiya 2.1. Statistik kuzatish to’g’risida umumiy tushuncha Statistik kuzatish deganda o’rganilayotgan hodisa va jarayonlar to’g’risidagi ma’lumotlarni ma’lum bir yagona ilmiy-tashkiliy dastur bo’yicha qayd qilishga va to’plashga tushuniladi. Har qanday statistik tekshirish o’sha o’rganilayotgan ob’ekt haqida tegishli ma’lumotlarni to’plashdan, ya’ni statistik kuzatishdan boshlanadi, shuning uchun ham statistik kuzatish har qanday statistik tadqiqotning birinchi bosqichi deyiladi. Masalan, tekshiruvchiga respublikadagi yoki viloyatdagi banklarning moliyaviy holatini o’rganish topshirildi. Bu ishni bajarish uchun tekshiruvchi barcha banklar bo’yicha moliyaviy holatni tavsiflovchi ko’rsatkichlar to’g’risida ma’lumotlarni boshlang’ich manbalardan olishi kerak. Bu ko’rsatkichlarga qanday omillar ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatganligi haqida, moliyaviy holatni yaxshilash uchun qanday zaxiralar mavjud edi va ulardan banklar qanday foydalanganligi to’g’risida ma’lumotlar yig’ish kerak. Bunday ma’lumotlarsiz moliyaviy holatni o’rganib bo’lmaydi. 1 Statistik kuzatish qanchalik to’g’ri, bir necha bor ilmiy-tashkiliy ekspertizalardan o’tgan dastur bilan o’tkazilsa, uning ma’lumotlar aniq qo’yilgan maqsadga erishish uchun kerakli bo’ladi. Eng asosiysi, kuzatish ma’lumotlarini qayta ishlab to’g’ri xulosalar chiqariladi. Agarda to’plangan ma’lumotlar noaniq va noto’g’ri bo’lsa, birinchidan sarflangan vaqt va mablag’ zoe ketgan bo’ladi, ikkinchidan esa, olingan natijalar va chiqarilgan xulosalar noto’g’ri bo’lishi mumkin. Har qanday ma’lumot to’plash ham statistik kuzatish hisoblanmaydi. Uni o’tkazishda quyidagi talab va tamoyillarga rioya qilinadi. Download 35.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling