Stаtistikа. 1 Topshiriq n/5
Statistik kuzatish ma’lumotlarni
Download 35.09 Kb.
|
TOPSHIRIQ statis
- Bu sahifa navigatsiya:
- Statistik kuzatishning muhim qoidalaridan
Statistik kuzatish ma’lumotlarni bir-biri bilan uzviy bog’langan va bir butunlikda qayd qilish zarur. Masalan, moliyaviy holat o’rganilayotgan bo’lsa, uning yaxshilanib yoki yomonlashib borayotganligini tavsiflovchi ko’rsatkichlarni bir guruhini o’rganib xulosa chiqarish mumkin emas. Chunki ular bir-biriga bog’liq, bir-birini taqozo qiluvchi ko’rsatkichlardir. Agarda bir guruh ko’rsatkichlarni tahlil qilib xulosa chiqarsak, oldindan ko’zlangan xatolarni keltirib chiqaramiz.
Statistik kuzatishning muhim qoidalaridan biri – kuzatish o’tkazishda to’plam birliklarini qamrab olish masalasidir. Bu masala ham makon, ham zamon chegarasida to’g’ri hal etilsa maqsadga muvofiqdir. Masalan, o’sha moliyaviy holatni o’rganish misolimizga qaytaylik. Agarda birinchi yilda to’plamning barcha birliklari (faraz qilaylik 114 ta), kelgusi yili to’plamning bir qismi (94 tasi), uchinchi yilda qolgan bir qismi (20 tasi) kuzatilsa, olingan ma’lumotlar vaqt va to’plam birliklarini qamrab olish bo’yicha to’la-to’kis bo’lmaydi va ularni taqqoslash mumkin emas. To’planayotgan ma’lumotlarning aniqligi, haqqoniyligi va ob’ektivligi haqida hech qanday shubha bo’lmasligi kerak. Agarda qandaydir bir shubha tug’ilsa (uni hajmidan qat’iy nazar), to’plamga kiritilgan har bir ko’rsatkich mustaqil ekspertlar tomonidan tekshirib ko’rilgani ma’qul. Bu erda gap arifmetik hisob-kitob ustida ketmayapti, balki har bir birlikni ob’ektiv haqiqatni aks ettirishi ustida bormoqda. Ma’lumotlarni to’plash yagona (hamma ob’ektlar bo’yicha) dastur va metodologiya bilan amalga oshirilishi shart, aks holda, ular keraksiz ma’lumotlarga aylanadi. Masalan, aholi fikrini o’rganmoqchisiz. To’plamga kiradigan aholi soni 1000 kishi. Ularni barchasiga bir xil savollar bilan murojaat qilish kerak va javoblarni olishdan oldin respondentlarni savollarga javob berish yo’riqnomasi bilan tanishtirish to’g’ri javoblar olishga asos bo’ladi. Bozor iqtisodiyotining eng muhim talablaridan biri ma’lumotlarni o’z vaqtida to’plashdir. Ma’lumki, amaliy menejmentda doimiy to’ldirilib boriladigan statistik ma’lumotlarga zaruriyat bor. Menejerlarga bu ma’lumotlar juda zarur. Ular ishonchli, to’liq va ob’ektiv bo’lishi hamda o’z vaqtida to’planishi kerak. Kechikkan ma’lumot – keraksiz ma’lumotdir. Download 35.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling