«statistika» fanidan 1-oraliq nazorat variantlari tuzuvchi: Kafedra katta o‘qituvchisi Phd b. Q. Utanov
Download 393.5 Kb.
|
1.Статистика 1-ОН вариантлари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent – 2020 1-variant 1-topshiriq.
- Yillar 2012 2013 2014
- 2-variant 1-topshiriq.
- 3-variant 1-topshiriq.
- Bozorlar Fevral Aprel
- 4-variant 1-topshiriq.
- Fermer xo’jaliklari Bug’doy etishtirish xarajatlari, ming so’m Bir tonna bug’doyning tannarhi, ming so’m
- 5-variant 1-topshiriq.
- 6-variant 1-topshiriq.
- 7-variant 1-topshiriq.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOShKENT MOLIYA INSTITUTI «STATISTIKA» fanidan 1-ORALIQ NAZORAT VARIANTLARI TUZUVCHI: Kafedra katta o‘qituvchisi PhD B.Q.Utanov Kafedra majlisida ko‘rib chiqilgan va tavsiya qilingan (2020 yil ___ __________dagi №__-sonli bayonnoma) Toshkent – 2020 1-variant 1-topshiriq. Statistika to’g’risida umumiy tushuncha. Tayanch iboralari: statistika, axvol, holat, davlat, davlat axvoli, ijtimoiy fan, rivojlanish bosqichlari. 2-topshiriq. Viloyatda etishtirilgan bug’doy xosili haqida ma’lumotlar berilgan:
Dinamika nisbiy miqdorini bazis va zanjirsimon usullarda hisoblang. 3-topshiriq. Aktsiyadorlik jamiyatidagi 3 ta korxona bo’yicha quyidagi ma’lumotlar keltirilgan.
O’rtacha oylik ish haqini aniqlang: a) 1 va 2 ustunlardagi ma’lumotlar bo’yicha; b) 1 va3 ustunlardagi ma’lumotlar bo’yicha. 2-variant 1-topshiriq. Statistika fanining predmeti va uning o’ziga xos xususiyatlari. Tayanch iboralari: miqdor, sifat, ommaviy xodisalar, boshqa fanlar bog’liqligi va farqi. 2-topshiriq. Tumanlar bo’yicha bug’doyning hosildorligi quyidagicha bo’lgan:
Aniqlang (3 ta tuman bo’yicha): 1) 2016 yilda o’rtacha hosildorlikni; 2) 2017 yilda o’rtacha hosildorlikni.
Tuman konserva sanoati korxonalarida joriy yilda quyidagi mahsulotlar ishlab chiqarildi:
Joriy davrda ishlab chiqarilgan konserva mahsulotlarining umumiy hajmini shartli natura o’lchov birligida hisoblang. Eslatma. Bankalar sig’imi 353,4 sm3 ga, og’irligi esa 400 g shartli o’lchov birligida beriladi. 3-variant 1-topshiriq. Statistika fanini asosiy kategoriyalari va tushunchalari. Tayanch iboralari: o’rganish ob’ekti, statistik birlik, to’plam, statistik qonuniyat, statistik ko’rsatkichlar. 2-topshiriq. Shaharning dehqon bozorlaridagi olma savdosi to’g’risida quyidagi ma’lumotlar berilgan:
Shaharda fevral va aprel oylari uchun o’rtacha 1 kg olmaning bahosini hisoblang. 3-topshiriq. Hisobot davrida korxona quyidagi yuvish vositalarini ishlab chiqardi:
Korxonada ishlab chiqarilgan kir yuvish vositalalarining umumiy hajmini shartli natura o’lchov birligida (shartli kir yuvish vositasi sifatida 40,0% yog’li sovun olinadi) hisoblang. 4-variant 1-topshiriq. Statistika fani metodi. Tayanch iboralari: statistik kuzatish, jamlash, guruhlash, mutlaq va nisbiy miqdorlar, o’rtacha miqdorlar, variatsiya ko’rsatkichlari, indekslar, korrelyatsion va regression tahlil. 2-topshiriq. Fermer xo’jaliklarida bug’doy etishtirish xarajatlari va bug’doyning hosildorligi quyidagicha bo’lgan:
Aniqlang: 1. har bir va barcha fermer xo’jaliklari bo’yicha bug’doyning yalpi hosilini. 2. barcha fermer xo’jaliklari bo’yicha bug’doyning o’rtacha hosildorligini. 3. barcha fermer xo’jaliklari bo’yicha bir tonna bug’doyning o’rtacha tannarxini. 3-topshiriq. Zavodning yalpi mahsuloti joriy yilda shartnoma bo’yicha 32,0 mln. so’m bo’lib, haqiqatda esa 32,2 mln. so’mni tashkil etdi. Kelgusi yil uchun shartnomada zavodning yalpi mahsuloti 31,9 mln. so’m rejalashtirilgan bo’lsa shartnoma bajarilishi va shartnoma majburiyati nisbiy miqdorlari hisoblansin. 5-variant 1-topshiriq. Bozor iqtisodiyoti sharoitida statistikaning roli va ahamiyati. Tayanch iboralari: makroiqtisodiyot va statistika, mikroiqtisodiyot va statistika, ma’lumotlarning haqqoniyligi keng qamrovliligi. 2-topshiriq. Firmalarning bo’limlari bo’yicha buyurtmaning bajarilishi to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan:
Har bir chorak bo’yicha o’rtacha reja bajarilishi o’rtacha foizini aniqlang. 3-topshiriq. Korxonada sarflangan yoqilg’i bo’yicha quyidagi ma’lumotlar mavjud:
Korxonada sarflangan yoqilg’ining umumiy hajmi shartli natura o’lchov birligida hisoblansin. 6-variant 1-topshiriq. O’zbekistonda statistikaning tashkil etilishi. Tayanch iboralari: davlat statistika qo’mitasi, shahar statitsika bo’limlari, viloyat statistika boshqarmalari. 2-topshiriq. Avtokombinatning bir oyda bajargan ishi quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi.
Avtokombinat bo’yicha aniqlang: a) bir t-kmning o’rtacha tannarxini; b) avtokolonnada mashinalarning o’rtacha sonini. 3-topshiriq. Joriy yilda O’zbekiston Respublikasining g’isht zavodlaridan birida milliy standart asosida 255 mln. dona g’isht ishlab chiqarilgan. AQShda esa shu yili huddi shunday ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan g’isht zavodida AQSh milliy standartlari asosida 345 mln. dona g’isht ishlab chiqarilgan bo’lsa: 1. AQShdagi zavodda ishlab chiqarilgan g’ishtni O’zbekistonda qabul qilingan o’lcham (250×120×65mm) bo’yicha sonini; 2. O’zbekistondagi zavodda ishlab chiqarilgan g’ishtni AQShda qabul qilingan o’lcham (193×92×57mm) bo’yicha sonini hisoblang. 7-variant 1-topshiriq. Statistik kuzatish mohiyati va ahamiyati. Tayanch iboralari: kuzatish turlari, usullari, shakllari, statistik hisobot, maxsus uyushtirilgan tekshirishlar. 2-topshiriq. Aktsioner jamiyatining ikkita korxonasida mahsulot ishlab chiqarish quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi:
Aktsionerlik jamiyati bo’yicha 1-sort mahsulotning 2016 va 2017 yillardagi o’rtacha salmog’ini aniqlang.
Har bir mahsulot turi bo’yicha shartnoma majburiyati bajarilishi nisbiy miqdorini hisoblang. Download 393.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling