Moliyaviy aktivlarning xarakterli tomoni shunda namoyon bo`ladiki, ularning ko`p qismi moliyaviy majburiyatlarga teskari ta’sir ko`rsatadi.
Aktivlar turli ko‘rinishdagi boyliklardir. Ulardan daromad oluvchilar ham turlichadir. Masalan, yer egasi dehqonchilik qilib yoki yerni ijaraga berib daromad oladi. Kapital egasi esa undan tadbirkorlik bilan foydalanib, daromad oladi. Qimmatli qog‘ozlar egasi divident yoki foizlar oladi. Aktivlar moddiy, nomoddiy va moliyaviy resurslardan tashkil topadi. Korxona, firmalar aktivlari balansning aktiv tomonida ko‘rsatiladi.
Passivlar deb, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarining qarzlari yoki qarzlarni qaytarish bo‘yicha qarzdorlik majburiyatlariga aytiladi. Passivlar ham turli-tuman: banklardan qarzdorlik, kreditorlardan qarzdorlik, xodimlardan mehnat haqqi va boshqalardan qarzdorlik va hokazolar kiradi. Korxona, firmalar aktivlaridan majburiyatlarini ayirib tashlasak, korxona firmaning sof kapitali, ya’ni korxonaning o‘z ixtiyoridagi xususiy kapitali kelib chiqadi.
Milliy boylikning asosiy komponentlaridan biri asosiy kapital hisoblanadi.
Asosiy kapital bu - mahsulot ishlab chiqarish, bozor va nobozor xizmatlar ko'rsatish uchun uzoq davr, lekin bir yildan kam bo`lmagan muddatda bir necha marotaba yoki doimo ishlatiladigan ishlab chiqarilgan aktivlardir.
Mamlakatning sof aktivlari – milliy boyligi – mamlakat mulkiy holati ko`rsatkichi zahirasida ko`rsatkichlari turkumiga kiradi. U mahsulot, YaIM, YaMD ko`rsatkichlarida farq qiladi.
Zahiraning ko`payishi (kamayishi) hajmini va unga ta’sir etgan omillarni quyidagi formula yordamida hisoblash mumkin.
- yil boshi va oxiridagi aktivlarning hajmi;
- aktivlar qiymatini iqtisodiy harakatlarga bod`liq bo`lmagan boshqa faoliyati tufayli o`zgarishi;
- aktivlarning nominal qiymatini inflyatsiya (deflyatsiya) natijasida o`zrarishi
Zahiraning ko`payishi (kamayishi) hajmini va unga ta’sir etgan omillarni quyidagi formula yordamida hisoblash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |