- yil boshi va oxiridagi aktivlarning hajmi;
- aktivlar qiymatini iqtisodiy harakatlarga bod`liq bo`lmagan boshqa faoliyati tufayli o`zgarishi;
- aktivlarning nominal qiymatini inflyatsiya (deflyatsiya) natijasida o`zrarishi
Balansda asosiy kapital tarkibiga qo‘shimcha holda quyidagilar kiritiladi:
a) “Boshqa inshootlar” kichik guruhiga tarixiy obidalar (agar ularning xarid baholari bo`lsa);
b) "Mashinalar va uskunalar” guruhiga fuqarolik maqsadlarida foydalaniladigan harbiy jihozlar (avtomobillar, kompyuterlar va hokazo);
d) ‘‘Transport vositalari” kichik guruh kosmik uchuvchi apparatlar;
e) ''Hayvonlar” ;
f) tugallanmagan obyektlarning qiymatlari, agar ular mulk egasini o‘zgartirsa.
Inson kapitali - bu umr davomida inson tomonidan to’planadigan jihatlari yig`indisi (sog‘liq, bilim, malaka, kasbiy sifatlar va boshqalar) bo`lib, ulardan foydalanish ishlab chiqarish jaravonini yo`lga qo`yish imkonini beiadi.
Asosiy fondlar (vositalar) ishlab chiqarishning muhim omili sifatida qaralib, ular vositasida bevosita mehnat predmetlari va mehnat kuchlari birikuvida mahsulotlar ishlab chiqariladi, ishlar bajariladi va xizmatlar ko`rsatiladi.
Asosiy fondlar deb ishlab chiqarish davrida bir necha marta qatnashib o`zining qiymatini yaratilayotgan mahsulotlarga qisman-qisman o`tkazuvchi hamda jismoniy shaklini saqlab qoluvchi mehnat vositalariga aytiladi.
Asosiy vositalar juda turli-tuman, ular statistikada quyidagi 12 guruhga bo‘linadi:
- inshootlar (ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar va hakozalar).
- uzatuvchi qurilmalar (transportyorlar, elektr liniyalar va hakozolar).
- mashina va uskunalar (matorlar, dizellar va shu kabilar).
- binolar.
- transport vositalari (avtomobil, samolyot va shu kabilar).
- uskunalar (elektr parmalagichlar, turli kalitlar va shu kabilar).
- ishlab chiqarish jihozlari (ish stollari va shu kabilar).
- xo‘jalik anjomlari (shkaflar, seyflar, muzlatgichlar va shu kabilar).
- hayvonlar (ishchi va mahsulot: otlar, tuyalar, ona sigirlar va shu kabilar).
- ko‘p yillik daraxtlar (mevali bog‘lar, manzarali daraxtlar va shu kabilar).
- Yerning holatini yaxshilash va foydali qazilmalar topish uchun qilingan xarajatlar.
- Boshqa asosiy vositalar (adabiyot, san’atning nodir asarlari).
Do'stlaringiz bilan baham: |