Statistika hisoboti


-satrda ilgari korxona balansida bo‘lgan bepul berilgan asosiy vositalar va tugallanmagan qurilish obyektlari qiymatlari ko‘rsatiladi. 120- satrda


Download 0.85 Mb.
bet17/37
Sana15.02.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1199416
TuriОтчет
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37
Bog'liq
6).1 invest (asosiy)

119-satrda ilgari korxona balansida bo‘lgan bepul berilgan asosiy vositalar va tugallanmagan qurilish obyektlari qiymatlari ko‘rsatiladi.
120- satrda sotish uchun mo‘ljallangan turar joy va noturar joy binolarni foydalanishga topshirish qiymatlari (20 hisobga “Asosiy ishlab chiqarish” kiritilgan qurilishga ketgan xarajatlar) ko‘rsatiladi. Sotish uchun mo‘ljallangan turar joy va noturar joy binolarini foydalanishga topshirish qiymatlari 121-125 satrlarda moliyalashtirish manbalari bo‘yicha taqsimlanadi.
Shunga e’tibor berish kerakki, 116-126 satrdagi ma’lumotlar asosiy vositalarga investitsiyalar hajmiga kiritilmaydi va 101- satrda ko‘rsatilmaydi.
127-satrda so‘nggi qayta baholashni hisobga olgan holda hisobot yili oxiriga haqiqatdagi narxlarda xo‘jalik yurituvchi balansida turuvchi tugallanmagan qurilish hajmi ko‘rsatiladi.
129- satrda “Asosiy vositalarni kapital ta’mirlash” (uskunalar, mashina, transport vositalari, bino va inshoatlarni kapital ta‘mirlashiga harajatlar aks ettiriladi, bunga asos buyurtmachi va tashkilotlar – ishlarni bajaruvchi tomonidan tasdiqlangan bajarilgan ishlar qiymati to‘g‘risidagi hujjatdir. Qoidaga ko‘ra, kapital ta’mirlash harajatlari asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatini oshirmaydi, balki mahsulot, ishlar hamda xizmatlarning (ishlab chiqarish obyektlari bo‘yicha) ishlab chiqarish tannarxiga yoki davr harajatlarining (noishlabchiqarish obyektlari bo‘yicha) tarkibiga kiritiladi.
132-134 satrlarda noishlab chiqarish nomoliyaviy aktivlariga ketgan xarajatlar ko‘rsatiladi. Bularga: yuridik shaxslar tomonidan o‘z egaligiga yer maydonlarini xarid qilishga, atrof-muhit obyektlaridan foydalanishga ketgan xarajatlar; bitimlar, arenda shartnomalari, litsenziyalar (atrof-muhit obyektlaridan foydalanish huquqini qo‘shgan holda), ishbilarmonlik reputatsiyalari (“gudvill”) va ishga doir aloqalarning mavjudligi(marketing aktivlari) kiradi.
133- satrda 132- satrdan yer uchastkalarini sotib olishga xarajatlar ajratib ko‘rsatiladi. Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: yerni sotib olishdagi to‘lovlar, qurilish uchun yer uchastkalarini chiqarib tashlash, shuningdek qurilish davrida yer solig‘ini (arendani) to‘lash va atrof-muhit obyektlaridan foydalanganlik uchun to‘lovlar. Yer uchastkalari va atrof muhit obyektlari sotib olishga xarajatlar to‘langan yoki to‘lov uchun qabul qilingan hisob asosida yer resurslari va kadastr bo‘yicha davlat organi tomonidan berilgan xujjat asosida ko‘rsatiladi.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling