Statistika” kafedrasi
Daromad keltiruvchi aktivlar
Download 443 Kb.
|
Dilnoza Kurs ishi tijorat banklari
1. Daromad keltiruvchi aktivlar.
- Qisqa va uzoq muddatli ssudalar (aholiga,mijozlarga, boshqa banklarga); - Faktoring,lizing,forfeyting,trast operatsiyalaridan olinadigan daromadlar; - Qimmatli qog’ozlar operatsiyalaridan olinadigan daromadlar 2. Daromad keltirmaydigan aktivlar. - Pul mablag’lari; - Boshqa banklardagi korschyotlardagi mablag’; - Bino va inshootlar; - Nomolliy aktivlar; - Debitorlar; - Hisob-kitobdagi mablag’lar; - Muddati utgan ssudalar. Aktivlarning likvidli ta’minotiga quyidagilar kiradi: - O’zbekiston Respublikasi xukumatining so’zsiz kafolati; - O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining so’zsiz kafolati; - banklarda ochilgan hisobvarag’larda erkin ayirboshlanadigan valyuta shaklidagi garov; - O’zbekiston Respublikasi xukumati qimmatli qog’ozlari shaklidagi garov; - andozaviy qimmatbaho metallar shaklidagi, ya’ni oltin va kumush quymalari shaklidagi garov. Quyidagi aktivlar nolikvid ta’minotga ega, deb hisoblanadi: - ko’chmas mulk, o’zlashtirilgan va o’zlashtirilmagan yerga bo’lgan xuquqni hisobga olgan holda; - ko’chma mulk; - xususiy korxonalarning qimmatli qog’ozlari; - yuridik va xususiy shaxslarning kafolatlari. 1- riskdan holi bo’lgan aktivlar. Risklilik darajasi 0% • naqd pullar va boshqa kassa hujjatlari, • Markaziy bankdagi «Nostro», «Vostro» schetidagi mablag’lar, • majburiy rezerv schetidagi mablag’lar, • xazina veksellari, • davlat obligatsiyalari, • Markaziy bankning qimmatli qog’ozlari va obligatsiyalari kiradi. 2 - kichik (minimal) riskli aktivlar. Bu aktivlar bo’yicha risk darajasi 20% ga teng. Boshqa banklarning «Nostro» va «Vostro» korschetlaridagi olinishi lozim bo’lgan mablag’lar, yevroobligatsiyalar, qisqa muddatli birinchi sinf ta’minlanganlikga ega bo’lgan kreditlar va boshqa hujjatlar. 3 - yuqori riskli aktivlar: Bu aktivlar bo’yicha risk 50 % ga teng. • boshqa banklarga berilgan kreditlar, • boshqalar uchun bank bergan garov va kafolatlar. 4 - eng yuqori darajadagi (maksimal) riskli aktivlar 100%ga teng. • qimmatli qog’ozlar sotish va sotib olish scheti, • sotib olingan veksellar, • trast hujjatlar va akkreditivlar trattalari bo’yicha mijozlarning majburiyatlari, • bankning to’lanmagan aksiyalari bo’yicha mijozlarning majburiyatlari, sud jarayonida bo’lgan kreditlar, • akkreditivlar, • forvardlar kiradi. Xulosa Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda bank-moliya tizimini shakllantirishda shu jumladan, tijorat banklarining investitsion jozibadorligini oshirish masalalari, shuningdek, hukumat tomonidan mamlakat bank sektorini modernizatsiya qilish bo‘yicha qabul qilingan bir qator oqilona qarorlar o'z taqbig'ini topmog'i lozim. Ana shundagina, banklar tijorat samaradorligini oshirish o‘rta va uzoq muddatli strategiyani shakllantirish mumkin. Umuman olganda O‘zbekiston bank-moliya tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar iqtisodiyotimizning barqaror o‘sishini ta’minlab, yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni izchil rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etayapti. Bugungi kunda O‘zbekiston bank tizimi yuqori konsentratsiyasi bilan ajralib turadi: barcha bank aktivlarining 86% hali davlatga, 70% esa 5 ta davlat banklari (Milliy bank, Asaka bank, Sanoat qurilish bank, Ipoteka bank va Agro bank) ga qarashli. Shuningdek, kreditlarga nisbatan davlat ulushi bo‘lgan bank omonatlarining ulushi 31,5 foizni tashkil etishi qayd etildi. Taqqoslash uchun, xususiy banklarda bu ko‘rsatkich 100% ga teng. Binobarin, mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlash va bozor mexanizmlari samaradorligini oshirish orqali nafaqat davlat iqtisodiyotini balki , uning ichki va tashqi siyosatini ham barqarorlashtirish mumkin . Tijorat banklarining xo‘jalik subyektlariga kreditlarni berishda, mijozlarning naqd pullarga bo‘lgan talabini qondirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bularning barchasi banklarning iqtisodiyotdagi rolini yanada oshirish lozimligidan dalolat beradi. Banklarning iqtisodiyotdagi rolini oshishi yoki pasayishiga nafaqat ularning sayi harakatlari, balki milliy iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasi va raqobatbardoshligi bevosita ta’sir qiladi. Chunki, banklar milliy iqtisodiyotdan ajralgan holda, alohida subyekt sifatida samarali faoliyat yuritishi mumkin emas. Chunki , ular iqtisodiyotning ajralmas va yaxlit eng asosiy qismi ya'ni tayanchi hisoblanadi. Masalan, banklarning asosiy faoliyat turlaridan biri muomalaga pulni emissiya qilishini oladigan bo‘lsak, muomalaga emissiya qilingan pul massasi tovar massasi bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Aks holda, milliy valyutaning inflyatsiya darajasi oshishi bilan birga, uning sotib olish qobiliyati pasayib ketadi. Demak, muomalaga emissiya qilingan pullar tegishli tovar massasi bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
Download 443 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling