Tayanch so’z va iboralar: variatsiya, to’g’ri chiziqli chetlanish, dispersiya, kvadratik chetlanish,variatsiya koeffitsenti, ossilyatsiya koeffitsenti, variatsion kenlik.
7.1. Variatsiya to’g’risida tushuncha*
Markaziy tendentsiyaning miqdoriy o’lchovlari ma’lumotlar to’plami to’g’risida qisman ma’lumot beradi. To’plamni o’zgaruvchanlik, tarqalish o’lchovlarisiz tasvirlash to’liq bo’lmay qoladi. Ma’lumotlar to’plamining markaziy tendentsiya o’lchovlari bilan bir qatorda, uning o’zgaruvchanligi to’g’risida axborotga ega bo’lish, to’plamning shaklini ko’z oldimizga keltirish va uning chetki hadlarini qiymatini aniqlashga yordam berishi mumkin.
Masalan, faraz qilaylik, biz ikki xil dori vositasi, A va B, qabul qilgan sub’ektlar bo’yicha uning ta’siriga ketgan vaqtni taqqoslamoqchimiz. Har bir dori vositasi ta’sir etish vaqti (sekundlarda) bo’yicha gistogrammalar 1-rasmda tasvirlangan. Agar gistogrammalarni o’rganib chiqsangiz, siz ikkalasi ham bir-biriga teng moda, mediana va o’rtacha miqdordan iborat simmetrik shakldaligini ko’rasiz. Biroq, A dori vositasi bo’yicha ta’sir etish vaqti bo’yicha chastotalar har bir guruh bo’yicha deyarli bir xil (1a-rasm), b dori vositasi bo’yicha esa, ta’sir etish vaqti bo’yicha chastotalar ko’proq markazda to’plangan (1b-rasm). Shunday qilib, B dori vositasi bo’yicha ta’sir etish vaqtilari A dori vositasiga nisbatan bir-biridan kam farq qiladi. Demak, ko’rishingiz mumkinki, to’plamni tasvirlash uchun markaziy tendentsiya ko’rsatkichlri bilan bir qatorda, o’zgaruvchanlikni – variatsiyani baholovchi o’lchovlar ham kerak bo’ladi.
|
|
O’rtacha, mediana, moda
a. A dori vositasi
|
O’rtacha, mediana, moda
b. B dori vositasi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |