Statistikada variatsiyani baholash usullari


-jadval Ikki nazariy ma’lumotlar qatori


Download 335.92 Kb.
bet3/10
Sana21.06.2023
Hajmi335.92 Kb.
#1641200
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Statistikada variatsiyani baholash usullari

1-jadval Ikki nazariy ma’lumotlar qatori




1-to’plam

2-to’plam

O’lchovlar

1, 2, 3, 4, 5

2, 3, 3, 3, 4

O’rtacha miqdor





dan o’lchovlar qiymatining chetlanishi

(1-3), (2-3), (3-3), (4-3),
(5-3) yoki -2, -1, 0, 1, 2

(2-3), (3-3), (3-3), (3-3),
(4-3) yoki -1, 0, 0 ,0, 1








a. 1-to’plam

b. 2-to’plam

2-rasm. 1-jadvaldagi chetlanishlaruchun nuqtali diagramma
Ushbu chetlanishlar qanday ma’lumotlarni o’z ichiga oladi? Agar ularning o’lchamlari 1-to’plamdagi kabi juda ham katta bo’lsa, ma’lumotlar juda tarqoq va variatsiya yuqori bo’ladi. Agar chetlanish 2-to’plamdagi kabi sezilarli kichik bo’lsa, ma’lumotlar o’rtacha atrofida to’planadi va shuning uchun ham katta variatsiyani namoyish qilmaydi. Siz ko’rishingiz mumkinki, 2-rasmda tasvirlangan chetlanishlar tanlama to’plam ko’rsatkichlarining variatsiyasi to’g’risidagi ma’lumotlarni beradi.
Keyingi qadam bu – ushbu oraliqdagi ma’lumotlarni variatsiyaning yagona sonli o’lchoviga keltirishdir. bo’yicha chetlanishlarning o’rtachasini topish yordam bermaydi, chunki manfiy va musbat chetlanishlar biri birini yo’qotadi va shuning uchun chetlanishlarning yig’indisi (demak o’rtacha chetlanish) ham doim nolga teng bo’ladi.
Manfiy va musbat chetlanishlar biri birini yo’qotadi degan faktni muhokama qilishda ikkita usul hayolga keladi. Birinchisi, hamma chetlanishlarni musbat sifatida qabul qilish, ikkinchisi, manfiy qiymatlarning ishorasini barataraf etish. Biz ushbu fikrlarni qabul qila olmaymiz, sababi variatsiyaning natijaviy ko’rsatkichi (chetlanishlar absolyut qiymatlarining o’rtachasi) keyinchalik qiyinchiliklar tug’dirishi mumkin. Ikkinchi chetlanishlarning manfiy ishoralarini bartaraf qilish metodi ularni kvadratga ko’tarishdir. Kvadratga ko’tarilgan chetlanishlardan biz hisoblashimiz mumkin bo’lgan miqdor ma’lumotlar qatori variatsiyasining ancha ma’noliroq tasvirini kafolatlaydi va xulosalar qilishda kamroq analitik qiyinchiliklarni tug’diradi.
Ma’lumotlar qatorida hisoblangan kvadratik chetlanishlardan foydalanish uchun, biz dastlab tanlama to’plam dispersiyasini hisoblaymiz.






n o’lchamli tanlama to’plam uchun tanlama to’plam dispersiyasi o’rtachadan chetlanishlar kvadrati yig’indisining (n - 1) ga nisbatiga teng. Tanlama to’plam dispersiyasi ifodalash uchun s2belgisidan foydalaniladi.











Download 335.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling