Stator staninadan va unga boltlar bilan maxkamlangan bosh qutblardan iborat
-mavzu. O‘zgarmas tok generatorlari tavsiflari
Download 0.54 Mb.
|
1 2
Bog'liqЎзгармас ток машиналари
21-mavzu. O‘zgarmas tok generatorlari tavsiflari
O‘zgarmas tok generatorining ishlash jarayonida yakor chulg‘amida EYK Ea [(15.20)ga qarang]. Generatorga yuklanish ulanganda, yakor zanjirida tok hosil bo‘ladi, generator chiqish klemmalarida kuchlanish paydo bo‘ladi. Kirxgofning kuchlanishlar qonuniga asoslanib, yakor klemmasidagi kuchlanishni quyidagicha ifodalaymiz (17.1) bunda (17.2) - yakor zanjirining barcha qarshiliklari: yakor chulg‘ami ; qo‘shimcha qutb chulg‘ami ; kompensatsiya chulg‘ami ; ketma-ket ulangan qo‘zg‘atish chulg‘ami ; shchetka o‘tkinchi kontaki . Ifoda (17.2)da keltirilgan chulg‘amlardan birortasi mashinada bo‘lmasa, u holda shu qo‘shiluvchi bo‘lmaydi. Generator yakori birlamchi motor yordamida aylantiriladi, u generator valida aylantiruvchi moment M1 hosil qiladi. Agar generator yu.i. rejimida ishlasa (Ia = 0), u holda generator valini aylantirish uchun nisbatan kichik bo‘lgan yu.i. momenti M0 etarli bo‘ladi. Bu generator ishlashida hosil bo‘ladigan tormozlovchi momentlardan iborat: ishqalanuvi kuchlar momenti va yakordagi uyurma toklar momenti. YUklangan generatorning ishlashida yakor chulg‘ami o‘tkazgichlarida tok hosil bo‘ladi, u qo‘zg‘otuvchi chulg‘am g‘osil qilgan magnit maydon bilan ta’siri natijasida, yakorda elektromagnit moment M hosil qiladi [(15.24)ga qarang]. Generatorda bu moment birlamchi motorning aylantiruvchi momentiga qarama-qarshi yo‘nalgan, ya’ni u tormozlovichi bo‘ladi (15.1-rasm). Ifoda (17.3) generator aylanish tezligi o‘zgarmas (n=const.) bo‘lganda birlamchi motorning aylantiruvchi momenti M1 generatorning aks ta’sir etuvchi momentlari (yu.i. M0 momenti va elektromagnit moment M) yig‘indisi bilan muvozanatlashadi. . (17.3) 17.1-rasm. O‘zgarmas tok generatorlaridagi momentlar Ifoda (17.3) mashina yakori aylanish tezligi sho‘garmas n=const. Bo‘lganda - generatorning momentlar tenglamasi deyiladi. Ifodaning (17.3) hadlarini burchak tezligi ωga ko‘paytirib, quvvatlar tenglamasini hosil qilamiz , (17.4) bunda - birlamchi motordan generatorga keltirilayotgan (mexanik) quvvat; - yu.i. quvvati, ya’ni generator yuksiz ishlaganda motordan kelayotgan yuksiz ishlash (mexanik) quvvati (generator yuklanishi uzilgan); - generatorning elektromagnit quvvati. Ifoda (15.27)dan quyidagini hosil qilamiz yoki (17.1) e’tiborga olsak, (17.5) bunda R2 - generatordagi foydali (elektr) quvvat, ya’ni generatorning yuklanishga berayotgan quvvati; Rea-yakor zanjiridagi chulg‘am qizishi va shchetka kontaktidagi quvvat isroflari. Generator qo‘zg‘atish chulg‘amidagi isrof Re.k e’tiborga olib, o‘zgarmas tok generatori uchun quvvatlar tenglamasini yozamiz (17.6) Demak, birlamchi motordan generatorga kelayotgan mexanik quvvat R1 generatorda foydali elektr quvvat R2 ga aylanib yuklanishga uzatilayapti va quvvat isroflarini qoplash ( ) uchun sarflanayapti. Aksariyat, generatorlar yakori o‘zgarmas tezlik bilan aylangani uchun, uning tavsiflari n=const. bo‘lganda ko‘riladi. Yuksiz ishlash tavsifi – yu.i. rejimida generator chiqish klemmalaridagi kuchlanish ning qo‘zg‘atish tokiga bog‘liqligi: , bunda va YUklanish tavifi – yuklanish bilan ishlayotganda ( ) generator chiqish klemmalaridagi kuchlanish ning qo‘zg‘atish toki ga bog‘liqligi: , bunda va Tashqi tavsifi - generator chiqish klemmalaridagi kuchlanish ning yuklanish toki ga bog‘liqligi: , bunda va bunda qo‘zg‘atish chulg‘amidagi rostlovchi reostat qarshiligi. Rostlovchi tavsif – qo‘zg‘atish toki ning yuklanish toki ga bog‘liqligi: , bunda va Keltirilgan tavsiflarning ko‘rinishlari o‘zgarmas tok generatori xususiyatlarini aniqlab beradi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling