Steam ta’lim texnologiyalarining o’ziga xos xususiyatlari


Download 0.6 Mb.
Sana21.11.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1791519
Bog'liq
7-mavzu STEAM ta’lim texnologiyalarining o’ziga xos xususiyatlari

STEAM ta’lim texnologiyalarining o’ziga xos xususiyatlari

Reja :

  • STEAM ta’lim texnologiyalarining.
  • STEAM o’ziga xos xususiyatlari.
  • STEAM rivojlanishi

1. STEAM ta’lim texnologiyalarining.

STEAM texnologiyasi ta’limdan farqli ravishda bilimlarni alohida emas, o’zaro mutanosib holda olib borishni ta’minlab beradi. O’quvchi o’zida nostandart fikrlash, muammoga bir nechta yechim topish va ijodkorlik ko’nkmalarini shakllantiradi va bu uning kelajakdagi faoliyatida juda qo’l keladi. Al-Xorazmiy nomidagi IT maktabning ta’lim jarayonida ham STEAM texnologiyasidan keng foydalanib kelinadi. Bundan asosiy maqsad, o’quvchilarning darsda olgan bilimlarini amaliyotda qo’llash va hayotga tadbiq qilish imkonini yaratishdan iborat.

1. STEAM o’ziga xos xususiyatlari.

Hozirgi kundagi umumiy o’rta ta’lim maktablarida joriy etilgan davlat ta’lim standartida texnologiya darslari orqali o’quvchilarning hayotiy ko’nikmalarini, bitiruvchilarda nostandart sharoitlarda yuzaga keladigan muammolarni hal etish qobiliyatlarini rivojlantirish hamda mustaqil hayotda zarur bo’ladigan bazaviy kompetensiyalar va dunyoqarashlarni shakllantirish asosiy vazifa hisoblanadi. Ushbu maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’qitiladigan texnologiya fanlarida STEAM ta’limiy yondashuvning afzalliklari to’g’risidagi mulohazalar keltirilgan

3. STEAM rivojlanishi


Har kuni yangi ish turlari va hattoki yangi kasbiy sohalar paydo bo‘lmoqda, shuning uchun zamonaviy dunyoda o‘qituvchilar o‘qitadigan darslar va ularning mahoratlari vaqt talablariga javob beradimi yoki yo‘qmi degan savol tug‘iladi. Agar biz an’anaviy ta’limning asosiy maqsadi bilimlarni o‘rgatish va bu bilimlardan fikrlash va ijod qilish uchun foydalanish deb aytsak, STEAM yondashuvi bizni olgan bilimlarni haqiqiy ko‘nikmalar bilan birlashtirishga o‘rgatadi. Bu maktab o‘quvchilariga va maktabgacha yoshdagi bolalarda nafaqat ba’zi bir g‘oyalarga ega bo‘lish, balki ularni amalda qo‘llash va amalga oshirish imkoniyatini beradi. Ta’limda STEM texnologiyasi Amerikaning Massachusets Texnologiya Institutida ishlab chiqilgan. STEM so‘zi ingliz 5 so‘zning bosh harflaridan tashkil topgan abreviatura bo‘lib, unda: S – Science –Fan T – Technology – Texnologiya E – Engineering –Injinerlik A - Art – San’at
Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling